Xalqaro huquq
Professional yurist katta mahorat va ko'nikmalarga ega bo'lishi kerak. Bitiruvchilarimiz! O'z tadqiqotlari natijalarini auditoriya oldida taqdim etish, o'z nuqtai nazarini oqilona va adolatli ravishda himoya qila olishligi uchun, JIDU yuridik klinikasi 2008-yildan boshlab har yili talabalar ilmiy konferentsiyalarini o'tkazib kelmoqda.
Biz o'zimiz uchun ma'ruzachilar mavzularni tanlash imkoniyatini cheklanib qolmaslikka qaror qildik. Bu nafaqat konferentsiyada iloji boricha dolzarb, aktual, ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan huquqiy masalalarni kotarishga imkon yaratadi (shu jumladan klinisistlarning fuqarolarga huquqiy yordam ko'rsatishda duch kelgan masalalariga) balki barcha ishtirokchilarni ko'tarilgan muammolarni muhokama qilishda, ularni hal qilish yo'llarini topishda, talabalarni qiziqtirishga yordam beradi. Shu sababli, xalqaro huquqshunoslar uchun eng muhim hujjatlardan biri bo'lgan mamlakatimizning asosiy qonuni va Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi qabul qilingan kunga bag'ishlangan konferentsiyalar o'tkazishga qaror qilishdi.
Fakultet yoshlari ta’lim jarayoni bilan birgalikda boʻsh vaqtlarini ham mazmunli tashkil etishadi. Xususan, talabalar Prezident tomonidan ilgari surilgan 5 muhim tashabbus doirasida oʻz imkoniyatlarini toʻlaqonli yuzaga chiqarishda jonbozlik koʻrsatishmoqda.
Jumladan, fakultet talabalari davriy ravishda Toshkent shahridagi teatrlarga tashrif buyurishib, boy tariximiz, urf-odatlarimiz va mentalitetimizga xos boʻlgan, har bir yoshni ma’naviy jihatdan yuksaltirishga xizmat qiladigan spektakllarni koʻrib kelishmoqda. E’tiborli jihati shundaki, teatrdan chiqqandan soʻng fakultet bir jamoa boʻlib shaxarning diqqatga sazovar boʻlgan joylariga borishadi. Oʻz oʻrnida ushbu odat talabalarni jipslashtirish va bir-birlariga boʻlgan mehr-oqibatni oshirishga xizmat qilib kelmoqda.