JIDU talabalari Parlamentlararo ittifoq davlatlari parlamentlarining ayol rahbarlari sammitida tarjimon-volontyor sifatida ishtirok etishdi
JIDU talabalari Parlamentlararo ittifoq davlatlari parlamentlarining ayol rahbarlari sammitida tarjimon-volontyor sifatida ishtirok etishdi
Joriy yilning 8-9-sentabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari Toshkent shahrida tashkil etilgan Parlamentlararo ittifoqqa a’zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining 14-sammitida tarjimon-volontyor sifatida ishtirok etishdi.
Parlamentlararo ittifoq davlatlari parlamentlarining ayol rahbarlari sammiti yakunida Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi. Sammit COVID-19 pandemiyasi oqibatlari, gender tenglik hamda xotin-qizlar huquqlarini parlamentar darajada belgilash maqsadida o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, mamlakatlar parlamentlarining ayol yetakchilari (spikerlari), deputat ayollar, xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashgan sammitning ikkinchi kunida Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong nutq so‘zladi.
Shuningdek, Tanzila Narbayeva ham so‘zga chiqib, O‘zbekistonda ham gender tenglikka erishish, xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonuniy manfaatlarini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlarga to‘xtalib, mazkur masala davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangani ta’kidlab o‘tdi.
Anjumanning yakunlovchi sessiyasida sammit parlamentlarning gender masalalarga javob berishga, xavf-xatarlarni oldindan ko‘ra bilishga, tinchlik, barqarorlik hamda farovonlikni samaraliroq ta’minlashga tayyorligi va bunga qodirligini sarhisob qilish imkoniyatini yaratgani qayd etildi. Sammit yakunlari bo‘yicha Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, Parlamentlararo ittifoq 200 ga yaqin mamlakatlarning parlamentlarini birlashtirgan boʻlib, muloqot uchun eng yirik maydon hisoblanadi.
MDH mamlakatlari orasida Oʻzbekistonda ilk bor tashkil etilayotgan mazkur sammitda Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar hamda hamkor xalqaro parlament tashkilotlarining ayol rahbarlari ishtirok etishdi.
Sana: | 20.09.2022 |
Ko'rganlar soni: | 2810 |
Kategoriya: | Xalqaro huquq |
Ulashish: |