“JSTga a’zo bo‘lish yo‘li: GATS doirasida xizmatlar savdosining asosiy qoidalari” mavzusida qisqa muddatli trening bo‘lib o‘tdi
“JSTga a’zo bo‘lish yo‘li: GATS doirasida xizmatlar savdosining asosiy qoidalari” mavzusida qisqa muddatli trening bo‘lib o‘tdi
2024-yil 27-28-yanvar kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida xalqaro savdo bo‘yicha ekspert janob Hamid Mamduh ishtirokida maxsus qisqa muddatli o‘quv dasturi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ishchi guruhi vakillari uchun tashkil etildi va “JSTga a’zo bo‘lish yo‘li: GATS doirasida xizmatlar savdosining asosiy qoidalari” mavzusiga bag‘ishlandi.
Dastur Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan va Jenevadagi (Shveytsariya) Xalqaro Savdo Markazi tomonidan “Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish jarayoniga koʻmaklashish” loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Janob Hamid Mamduh ITC maslahatchisi boʻlib xizmat qiladi va King and Spalding yuridik firmasining Jenevadagi ofisida katta yuridik maslahatchi hisoblanadi. Shuningdek, u Londondagi Qirolicha Meri universitetiga taklif etilgan professordir. Ilgari u JST Kotibiyatida Xizmatlar savdosi va investitsiyalar bo‘limi direktori lavozimida ishlagan, Xizmatlar savdosi bo‘limining katta maslahatchisi va JST Xizmatlar savdosi kengashi kotibi lavozimlarida ishlagan.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining Savdo muzokaralari va JST departamenti, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki departamenti, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Respublika sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va aholi salomatligini muhofaza qilish xizmati O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, O‘simliklar karantini va muhofazasi agentligi, Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi, O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi vakillari, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi
Seminarda O‘zbekistonning JSTga muvaffaqiyatli a’zo bo‘lishi uchun islohotlarni davom ettirish va xalqaro hamkorlik muhimligi ta’kidlandi. Yakunda O‘zbekistonning savdo siyosatini JST talablari va standartlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha yanada rivojlantirish va moslashtirish bo‘yicha aniq tavsiyalar ishlab chiqildi.
Sana: | 28.01.2024 |
Ko'rganlar soni: | 4116 |
Kategoriya: | Xalqaro huquq |
Ulashish: |