Xorijiy talabalar

Xorijiy talabalar

    Qanday qilib ariza topshirish mumkin?

    Ariza korib chiqilish tartibi
    JIDUning bakalavriat yonalishlari uchun toldiriladigan arizalar quyidagilarni oz ichiga olishi kerak:

    1-bosqich: Quyidagi 3 turdagi hujjatlar admission@uwed.uz elektron pochta manziliga yuborilishi zarur

    • Orta ta'limni tugatganligi togrisidagi guvohnoma;
    • Shaxsni tasdiqlovchi hujjat/pasport nusxasi;
    • Rezyume yoki tarjimaiy hol (CV);

    2-bosqich: Abituriyentlar qabul suhbatidan otishga taklif qilinadi.

    Ushbu bosqichlar tugagandan song barcha natijalar elektron pochta orqali xabar beriladi.

    Muddat: 2023-yil 10-avgust

    *Eng yaxshi ball olgan talabalar (90+) universitet stipendiyasini qolga kiritishlari mumkin.

    Darajalar

    Bakalavr darajasi

    • Xalqaro munosabatlar
    • Xalqaro iqtisodiyot va menejment
    • Xalqaro huquq

    Magistratura darajasi

    • Xalqaro huquq (sohalar bo‘yicha)
    • Tashqi iqtisodiy faoliyat
    • Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha)
    • Xalqaro biznes huquq
    • Amaliy siyosatshunoslik
    • Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati

    JIDUning asosiy maqsadi bakalavriat va magistratura bosqichi talabalarini oliy ta'lim bilan ta'minlash va akademik mustaqillik va xalqaro standartlarga ustuvorlik berish orqali raqobatbardosh iqtisodchi, siyosatchi va diplomat qilib tayyorlashdan iborat.

    JIDU talabalari kamida 4 ta tilni oʻzlashtirish va bir nechta tillarda bemalol soʻzlashuvchi boʻlishlari  uchun katta imkoniyatlarga egadirlar, jumladan: ingliz, oʻzbek, rus va boshqa tillarda (siz oquv yili davomida 14 ta tildan birini tanlashingiz mumkin).

    Biz O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchisi, rais, bosh direktor, yirik kompaniya hamkorlari va o‘z sohalarining haqiqiy mutaxassisi bo'lgan turli rahbarlik lavozimlarida ishlab kelayotgan bitiruvchilarimizning muvaffaqiyatlari bilan faxrlanamiz:

    JIDU 20 dan ortiq mamlakatlardan kelgan xalqaro talabalarni qabul qilish orqali ozining xalqaro universitet ekanligi korsatadi. Universitet talabalar hayotiga koproq ranglar kiritish uchun faoliyat yurituvchi a'zolari mustaqil saylangan Talabalar Kengashi faoliyatini yuqori baholaydi. TK turli xil klub tadbirlarini taklif qiladi (batafsil), masalan:

    • Futbol 
    • Raqamli savodxonlik
    • Suzish
    • San'at
    • Shaxmat
    • Teatr
    • Regbi
    • "Book club"

    Universitet Toshkent shahrining markazida joylashgan bo'lib, barcha binolar bitta kampusda, jumladan, talabalar va chet ellik oʻqituvchilar uchun zamonaviy yotoqxona ham orin olgan.