JIDU professor-o‘qituvchilari “Huquqiy hamkorlik va ijtimoiy taraqqiyot” kongressida ishtirok etishdi
JIDU professor-o‘qituvchilari “Huquqiy hamkorlik va ijtimoiy taraqqiyot” kongressida ishtirok etishdi
Joriy yilning 21-24-may kunlari JIDU professor-o‘qituvchilari I.Hamedov, R.Yusuvaliyeva, Sh.Safarova mashhur huquqshunos S.S.Alekseyevning 100 yilligiga bag‘ishlangan “Huquqiy hamkorlik va ijtimoiy taraqqiyot” Yevropa-Osiyo huquqiy kongressining XVII sessiyasida ishtirok etdi.
Tadbir Ural davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tdi. Kongressning 23-may kuni boʻlib oʻtgan yalpi majlisida Rossiya Federatsiyasining yetakchi huquqshunos olimlari bilan bir qatorda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori I.Hamedov ham soʻzga chiqdi.
JIDU professor-o‘qituvchilari “Xalqaro huquqiy hamkorlik va ijtimoiy taraqqiyot” xalqaro huquq seksiyasining panel muhokamasida ishtirok etdilar.
Shu kuni “Yevropa-Osiyo yuridik universiteti” konsorsiumi ishtirokchilari va hamkorlari – O‘zbekistondan JIDU va TDYU vakillari hamda Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Belarus davlatlarining delegatsiyalari UDYU rektori Vladimir Aleksandrovich Bublik bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan kun tartibi va tadbirlar yakunlari hamda kelgusi davrga mo‘ljallangan tadbirlar dasturi, oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari, qo‘shma kadrlar tayyorlash dasturlari muhokama qilindi.
24-may kuni JIDU vakillari “Huquq falsafasi: ijtimoiy va ma’naviy qadriyatlar yo‘riqnomalari. S.S. Alekseyevning 100 yilligiga” nomli seksiyasida ishtirok etdilar.