“Xalqaro huquqning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
“Xalqaro huquqning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11-sentabrdagi PF-158-son Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi asosiy yo‘nalishlarining ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 24 oktabr sanasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan “Xalqaro huquqning dolzarb masalalari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Davlat va huquq instituti, XQXQning O‘zbekistondagi mintaqaviy vakolatxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti kabi davlat va halqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Mazkur konferensiyaning maqsadi xalqaro huquqning dolzarb masalalarini, shuningdek, xalqaro hamkorlikni huquqiy tartibga solish istiqbollarini muhokama qilish, global va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, davlatimizning milliy manfaatlarini ro‘yobga chiqarishning xalqaro mexanizmlarini takomillashtirish yuzasidan fikr, kasbiy tajriba va bilim almashishdan iborat boldi.
Konferensiya yakunlari bo’yicha ilmiy tezislari to‘plami nashr qilinadi.