Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinikaning 2023-2024-o‘quv yili mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinikaning 2023-2024-o‘quv yili mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 21-sentabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Yuridik klinikaning 2023-2024-o‘quv yili mavsumining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir doirasida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori v.v.b. N.Nugmanov hamda Xalqaro huquq fakulteti dekani U.Yakubxodjayevlar so‘zga chiqdilar.
Yuridik klinika nufuzli muassasa bo‘lib, unda tajribali yuristlar va talabalar turli huquqiy masalalar bo‘yicha yuqori sifatli maslahat va yordam ko‘rsatish uchun o‘z kuchlarini birlashtiradilar. Ular moliyaviy ahvoli, ijtimoiy mavqei va kelib chiqishidan qat’i nazar, har bir insonning yuridik yordam olish imkoniyatini ta’minlashga harakat qilishadi.