“Bo‘lajak prokurorlar klubi” doirasida O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif amalga oshirildi
“Bo‘lajak prokurorlar klubi” doirasida O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif amalga oshirildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-72-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 2-dekabr kuni Xalqaro huquq fakulteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Bo‘lajak prokurorlar klubi” doirasida O‘zbekiston prokuraturasi tarixi muzeyiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida muzey mutaxassislari tomonidan talabalarga muzeydagi tashkil etilgan tarixiy ko‘rgazmalar, qadimiy yodgorliklar, zamonaviy vositalar, muzeyning tashkil etilishi bosqichlari va shu bilan bir qatorda qiziqarli ma’lumotlar berilganligi tashrif mazmundorligini yanada oshirdi.
O‘zbekiston prokuraturasi muzeyiga tashrif talabalar uchun huquq tizimi o‘tmishiga qiziqarli sayohat bo‘lib, prokuraturaning jamiyatdagi ahamiyati va rolini ochib berdi.