“Inson huquqlarini ta’minlash – ijtimoiy adolatni barqaror topishining asosiy sharti sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
“Inson huquqlarini ta’minlash – ijtimoiy adolatni barqaror topishining asosiy sharti sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 17-maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganining 75 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi PF-70-sonli qarorida belgilangan yo‘nalishlar ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tomonidan “Inson huquqlarini ta’minlash - ijtimoiy adolatni barqaror topishining asosiy sharti sifatida” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi, Toshkent davlat yuridik universiteti kabi davlat organlari va tashkilotlar vakillari, shuningdek, xalqaro expertlar ishtirok etdilar.
Tadbirda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktorining birinchi o‘rinbosari Tillabayev M.T., O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) o‘rinbosari Narimonov B.A., xalqaro darajadagi expertlar, shuningdek, JIDU professorlari Nugmanov N.A., Yusuvaliyeva R.Yu va boshqalar so‘zga chiqdilar.
Konferensiyada quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha muhokamalar bo‘lib o‘tdi:
- mamlakatimizning inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilab olish;
- Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinig xalqaro ahamiyati, unda demokratik jamiyatning oliy qadriyatlari – inson, uning hayoti, erkinligi, shaʼni, qadr-qimmati va boshqa dahlsiz huquqlar ekanligini e’tirof etish;
- Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi, uning tamoyillari va jamiyat uchun ahamiyati haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan ta'lim platformasini yaratish;
- Xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umume’tirof etilgan prinsiplarini hozirgi kundagi ahamiyatini tahlil qilish;
- dunyoning turli mamlakatlari va mintaqalarida inson huquqlariga rioya etilishining hozirgi holatini ko‘rib chiqish, muvaffaqiyatli xorijiy amaliyotni aniqlash, shu bilan birga ushbu yo‘nalishdagi masalalar va muammolarni muhokama qilish;
- Yevropa Ittifoqida inson huquqlarini himoya qilish masalalarini yoritish.
Konferensiyaning ishchi tillari: o‘zbek, rus, ingliz tillari.
Mazkur konferensiyadan ko‘zlangan maqsad, butun dunyoda har bir insonning umuminsoniy huquq va erkinliklarini himoya qilish va ta'minlashga asos bo‘lib xizmat qilayotgan ushbu tarixiy hujjatning salmoqli yubileyini nishonlash, so‘nggi 75 yil ichida inson huquqlarini rivojlantirish tendensiyalarini muhokama qilish va baholash, davlatlar oldida turgan masala va muammolarni aniqlash, inson huquqlariga hurmatni kuchaytirishga innovasion yondashuvlarni, O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro huquqiy standartlarni samarali amalda tatbiq etishdan iborat.
Shuningdek, konferensiya yakunlari bo‘yicha konferensiya to‘plami nashr qilinadi. Mazkur to‘plam ishtirokchilarning pochta manzillariga yuboriladi, shuningdek, tashkilotchilarning veb-saytlari va ommaviy axborot vositalariga joylashtiriladi.
Sana: | 13.12.2023 |
Ko'rganlar soni: | 7768 |
Kategoriya: | Xalqaro huquq |
Ulashish: |