Test Title

Test Title

    E'lon

    2024-yil 7-dekabr kuni Diplomatik akademiyada Hindistonning AQShdagi sobiq elchisi va Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xarsh Vadxan Shringlaning “Zamonaviy Hindiston-AQSh munosabatlari” mavzusidagi ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi. JIDU va Diplomatik akademiyaning professor-o‘qituvchilari, talabalari, magistrantlari va doktorantlari taklif etiladi. Ma’ruza JIDU “B” binosi 110-xonada onlayn tarzda o‘tkaziladi.  Xarsh Vardxan Shringla, Hindiston tashqi ishlar vazirining sobiq oʻrinbosari (2020-22) Hindiston raisligida oʻtgan G20 sammitining (2022-23) bosh koordinatori boʻlgan. 1984 yildan diplomatik xizmatda. 2023 yilda Shringla global diplomatiya va xayriyaga qo‘shgan hissasi uchun Shri Bhagvan Mahavir Viklang Sahayata Samiti (BMVSS) mukofotiga sazovor bo‘ldi. U bir qancha yuqori darajadagi hind korporatsiyalarining strategik maslahatchisi.

    0

    Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!

    O‘zbekiston OTMlari talabalari o‘rtasida 8-dekabr Konstitutsiya kuniga bag‘ishlangan Zakovat intellektual o‘yinini o‘tkaziladi.   Mazkur musobaqaga barchangizni taklif etamiz. 7-dekabr 2024-yil JIDU Ekokutubxona

    0

    Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistrantlari!

    JIDUda BRMda ayollar huquqlari va gender tengligining ta’minlanishi bo'yicha mahorat darsi bo'lib o'tadi.   Maskur seminarga barchangizni taklif etamiz. 2024-yil 6-dekabr 15:00 B-106

    0

    Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari!

     O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi F-53-son Farmoyishi ijrosi yuzasidan 1-ilova 34-bandga muvofiq Universitetda “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavsusida ommaviy diktant o‘tkaziladi.  6-dekabr 2024-yil  15:00  Ekokutubxona

    0

    ⚡️ Hurmatli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari, mahalla faollari, jamoatchilik a’zolari va talabalar!

    📣 JIDUda “UN Women”ning O‘zbekistondagi vakili Jeren Guven ishtirokida davra suhbati o‘tkaziladi. Mazkur davra suhbati Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni va 🔸“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” tadbirlari doirasida o‘tkaziladi.  ✔️Mazkur uchrashuvga barchangizni taklif qilamiz!  🗓 3-dekabr 2024-yil ⏰ 15:00  📍COK  conference hall

    0

    Abduraximova Ziyoda Anvar qizining iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD dissertatsiya ishi himoyasi toʻgʻrisida

    Abduraximova Ziyoda Anvar  qizining 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga ajratilayotgan tashqi koʻmak samaradorligini oshirish mexanizmlari” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.11/25.08.2022.I.24.03 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 21-noyabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

    0

    E'lon

    Imomova Yulduzxon Jumaboy qizining 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “AQSh tashqi siyosatining afg‘on vektori evolyutsiyasi: tendensiya va istiqbollar” mavzusidagi siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSс.11/25.08.2022.S.24.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 29-noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

    0

    E'lon

    Gafarov Islomxon Nozimxonovichning 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Janubiy Osiyo mintaqasida AQShning zamonaviy tashqi siyosati (Hindiston va Pokiston misolida)” mavzusidagi siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSс.11/25.08.2022.S.24.02 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 29-noyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.

    0