“Tarixiy xotirani o‘rganish va saqlash” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi
“Tarixiy xotirani o‘rganish va saqlash” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi
Joriy yilning 20-24-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida MDH davlatlarining yosh liderlari o‘rtasida “Tarixiy xotirani o‘rganish va saqlash” mavzusida xalqaro anjuman tashkil etildi.
Ushbu anjumanga grant asosida yo‘llanma olgan JIDU Xalqaro huquq fakulteti 3-bosqich talabalari Sardor To‘xtayev, Saidabbos Qosimov, Javohir Xolboyev faol ishtirok etdilar.
Anjumanda yosh liderlar tarix haqidagi bilimlarini yanada oshirish bilan bir qatorda, tarixiy xotirani asrash uni kelgusi avlodlarga yetkazishga qaratilgan turli g‘oyalarni ilgari surib, uni targ‘ib etishga doir taklif-loyihalar ishlab chiqdilar.