“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” respublika milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi
“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” respublika milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi
Joriy yilning 4-dekabr kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida “Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” respublika milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘ldi.
Tanlov Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etildi. Bunda O‘zbekiston Prezidentining 2023-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida Inson huquqlari sohasidagi Milliy ta’lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori talablaridan kelib chiqildi.
Ushbu respublika milliy tanlovida "Xalqaro huquq" fakulteti, 2-kurs talabasi Turg‘unboyev Otabek o‘zining ilmiy ishi bilan qatnashib, "Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqola: eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola" nominatsiyasi bo‘yicha faxrli 3-o‘rin sohibi bo‘ldi. G‘oliblarga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.