Xalqaro huquq
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi 2000-yildan buyon ilg‘or xorijiy tajriba asosida faoliyat ko‘rsatayotgan Yuridik klinikada oliy o‘quv yurtlari talabalarining amaliy tayyorgarligi va bilim darajasini oshirish, doimiy va integratsiyalashgan tizimni joriy etish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ta'lim jarayonini amaliyot bilan bog'laydigan ishni Klinika o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman), tumanlararo, tuman, shahar va Oliy sudlar, advokatlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Yuridik klinikada «Xalqaro huquq» fakulteti yuqori kurs talabalari aholining kam ta’minlangan qatlamlariga bepul yuridik yordam ko‘rsatmoqda. Huquqiy yordam fuqarolik, meros, oilaviy, mehnat, uy-joy va boshqa masalalar bo'yicha maslahatlar va tegishli sud va suddan tashqari hujjatlarni (arizalar, murojaatlar, shikoyatlar va boshqalar) tayyorlash shaklida ko'rsatiladi.
Yuridik klinikaga qabul quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi:
Dushanba - 16.00 dan 19.00 gacha
Seshanba - 16.00 dan 19.00 gacha
Payshanba - 16.00 dan 19.00 gacha
Juma -16.00 dan 19.00 gacha
Biz bilan bog'laning: (71) 268 14 -21; (71) 267-16-15