JIDU talabalar turar joyi

JIDU talabalar turar joyi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining talabalar turar joyi 1992-yil universitet va universitet qoshidagi litsey talabalarini turar joy bilan taminlash maqsadida tashkil qilingan. Mazkur talabalar turar joyi 2 ta binodan iborat bolib, 800 oringa moljallangan. Hozirda TTJda 550 ta talaba isteqomat qiladi. 98 ta akademik litsey oquvchilari.

    Talabalar turar joyi mamuriyati universitetning 5 muhim tashabbus markazi, Murabbiylar Kengashi, Xotin-qizlar Kengashi, Yoshlar ittifoqi, TTJ “Talabalar Kengashi” va dekanatlar bilan hamkorlikda quyidagi vazifalarni bajaradi:

    Talabalar turar joyida manaviy-marifiy ahamiyatga ega bolgan, muhim tarixiy sanalar va bayram shodiyonalariga bagishlab o'tkaziladigan, talabalarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan hamda sport-soglomlashtirish ishlariga oid tadbirlarni tashkil qilish;
    Talabalarning oz-ozini boshqarish tizimini tashkil qilish
    Talabalar turar joyining yangi o'quv yiliga tayyorgarlik holati bo'yicha TTJ rahbari, fakultet dekanlari va murabbiylar ishtirokida umumiy yigilish otkazish;
    1-kursga qabul qilingan talabalar bilan uchrashuv otkazish. Ularni TTJ qoidalari bilan tanishtirish;
    Talabalar turar joyida joriy etilgan «Meyoriy hujjatlar»ga amal qilinishini taminlash boyicha yigilishlar o'tkazish.
    TTJ da «Pasport tizimi» qonun-qoidalariga  amal qilinishini ta'minlash va u boyicha tushuntirish ishlari olib borish;
    Yangi oquv yili uchun murabbiylar tarkibini korib chiqish va ish rejalarini tasdiqlash.
    Talabalar turar joyidagi «Dam olish xonalar»ini kerakli materiallar bilan jihozlash;
    TTJ da istiqomat qiluvchi talabalar tomonidan Ichki-tartib qoidalariga rioya etilishini taminlash va nazorat qilish
    Tel:  (371) 267-05-68