Xalqaro ommaviy huquqning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruza bo‘lib o‘tdi
Xalqaro ommaviy huquqning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ma’ruza bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro huquq fakulteti professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun joriy yilning 13-dekabr kuni xalqaro huquq bo‘yicha taniqli mutaxassis bo‘lgan professor Reyn Myullersonning ma’ruzasi bo‘lib o‘tdi. Professor Reyn Myullersonning ma’ruza davomida xalqaro ommaviy huquqning asosiy tamoyillarini talqin qilish, xalqaro huquqni qo‘llashdagi zamonaviy yondashuvlar bo‘yicha o‘z qarashlarini tadbir ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdi. Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor v.v.b. N.Nugmanov, fakultet dekani U.Yakubxodjayev, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.
Ma’ruza ishtirokchilari xalqaro ommaviy huquqning dolzarb masalalari haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar va bugungi kunda tizimda yuzaga kelayotgan muammolar haqida chuqurroq tushunchaga ega bo‘ldilar. Ushbu tadbir, shubhasiz, talabalarning xalqaro huquq sohasida ilmiy va kasbiy rivojlanishiga yordam berdi.
Reyn Myullerson Tallin universitetining faxriy professori. 2009-2017-yillarda Nord Tallin universiteti rektori, huquq fakulteti prezidenti va Tallin universiteti tadqiqot professori bo‘lgan. 1994-2009-yillarda Londondagi Kings kollejida xalqaro huquq professori bo‘lgan. 2004-yilda BMTning Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy maslahatchisi lavozimida ishlagan.