Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Sayyor sud majlisi bo‘lib o‘tdi
Talabalarning huquqiy savodxonligi, yuridik bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida 2023-yilning 15-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining raisi Sh.Bakayev, sudyalar M. Kayumov, S. Abdug‘aniyev, M. Kukiyevlar ishtirokida Sayyor sud majlisi tashkil etildi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PF-158-sonli “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi to‘g‘risidagi Farmoni, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyati, protsessual qonunchilikka xalqaro normalarni qo‘llash amaliyoti bo‘yicha Xalqaro huquq fakulteti talabalari yaqindan tanishtirildi. Sayyor sud jarayonlari talabalar huquqiy ko‘nikmalari bilan bir qatorda, tahliliy qobiliyatlarini ham oshirishga amaliy yordam beradi. Sayyor sud majlisidan ko‘zlangan maqsadlarga muvaffaqqiyatli erishildi.
Talabalar uchrashuvda yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni oldini olish, xususan, o‘g‘irlik, transport yo‘l harakati qoidalarini buzish hamda kiber jinoyatlar va ulardan himoyalanish choralari borasidagi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.