“Yangilangan Konstitutsiya - yangilanayotgan jamiyatning huquqiy poydevori” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

“Yangilangan Konstitutsiya - yangilanayotgan jamiyatning huquqiy poydevori” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

    “Yangilangan Konstitutsiya - yangilanayotgan jamiyatning huquqiy poydevori” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

    “Yangilangan Konstitutsiya - yangilanayotgan jamiyatning huquqiy poydevori” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi F-72-sonli Farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida 2023-yil 6-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Yangilangan Konstitutsiya  - yangilanayotgan jamiyatning huquqiy poydevori” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligini nishonlashga bag‘ishlandi.

    Mazkur tadbirda Konstitutsiyaning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayotida tutgan oʻrni, qonun ustuvorligi, yurtimiz istiqboli va xalqimiz farovonligi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi roli, Konstitusiyada tashqi siyosat masalalarining ifodalanishi, shuningdek, soʻnggi yillarda Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning islohotlar samarasini oshirishdagi ahamiyatiga doir masalalar ilmiy-amaliy jihatdan muhokama qilindi.

    Gibrid shaklida oʻtkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha Vakili (Ombudsman), Tashqi ishlar vazirlgi, Adliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Davlat va huquq instituti, Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Resupblikasi milliy markazi, O’zbekiston Respublikasi Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar Oliy maktabi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Yuristlar malakasini oshirish markazi kabi muassasalardan amaliyotchi-mutaxassislar, yetakchi olimlar hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etishdi.

    Tadbirda asosiy taqdimotlar O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qoʻmitasi raisi Fayziyeva D.X., O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlametlararo aloqalar qo‘mitasi aʼzosi Islomov U.Sh., O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti professori Sulaymonov O.R., O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi vakili Ibadullaev S.Sh., JIDU professorlari Ismailova G.S., Nugmanov N.A., Yusuvaliyeva R.Yu. va Xalqaro huquq fakulteti talabalari tomonidan qilindi.

    Ilmiy-amaliy konferentsiya yakunida sohaga oid qonunchilikni yanada takomillashtirish, huquqni qoʻllash amaliyotini kuchaytirish, sohaga oid huquqiy ta’lim va tadqiqotni rivojlantirish bo’yicha foydali tavsiyalar berildi.