Xalqaro huquq
JAHON SAVDO TASHKILOTI KAFEDRASI
2021-yil dekabr oyida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Jahon savdo tashkiloti (JST) kafedralari (WTO Chairs Programme WCP) dasturiga yangitdan kirgan dunyodagi 17 ta’lim muassasalardan biriga aylandi. Bu dastur hozirda butun dunyodagi 36 universitetni oʻz ichiga oladi. JST kafedralari dasturi 2010-yilda oʻz faoliyatini boshlangan. Bu rivojlanayotgan mamlakatlardagi akademiklar va amaliyotchilar oʻrtasida universitetlar va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot va targʻibot ishlari orqali savdo tizimi toʻgʻrisida bilim va tushunchalarni oshirishga qaratilgan dastur hisoblanadi.
JIDUdagi JST kafedrasi Markaziy Osiyoda bu yo‘nalishdagi birinchi kafedra boʻlib, oʻquv dasturlarini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va targʻibot ishlari orqali akademiklar va siyosatchilar oʻrtasida JST huquqiy tizimi toʻgʻrisida bilim va tushunchalarni oshirishga qaratilgan. Loyiha toʻrt yilga moʻljallangan (2021-2024).
JIDUda JST kafedrasi uchta asosiy faoliyatni amalga oshiradi:
(1) mavjud kurslarni yangilash, yangi kurslarni joriy etish va JIDUda amaliyotchilar uchun har yili qisqa muddatli yozgi oʻquv kursini tashkil etish orqali JST va xalqaro savdo boʻyicha ilgʻor bilimlarni oʻzbek auditoriyasiga yetkazish;
(2) maxsus tadqiqotlarni olib borish, yosh tadqiqotchilarga uslubiy yordam koʻrsatish va turli fanlar tadqiqotchilari o'rtasida aloqani oshirish orqali inson resurslarini jamlash orqali JST standartlari va JST qonunchiligi sohasidagi tadqiqot salohiyatini oshirish;
(3) tadqiqotchilar, amaliyotchilar, davlat xizmatchilari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida xalqaro savdo tizimi va JST masalalari boʻyicha ochiq munozaralar va mulohazalarni ragʻbatlantirish va turli tadbirlar orqali keng jamoatchilikka ma’lumot tarqatish orqali muloqotni rivojlantirish.
Ushbu tadbirlarning maqsadi JST qoʻshishdan kelib chiqadigan imtiyozlardan maksimal darajada foydalanish va a’zolikdan kelib chiqishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarini minimallashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdir.
Loyihaning alohida maqsadi Oʻzbekistonning JSTga a’zo boʻlishining milliy iqtisodiyot va huquqiy tizimiga ta’sirini baholashni modellashtirish orqali JSTga qoʻshilishning tajribasini oʻrganishdan iborat.
Loyiha koordinatori: Umid YAKUBKHODJAEV
E-mail: wtochair@uwed.uz