Talabalar Kengashi

Talabalar Kengashi

    UWED Students’ Council 
    By/For/With Students

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Talabalar Kengashi – o‘z-o‘zini  boshqaradigan talabalar organi bo‘lib, universitet xodimlari va talabalar o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in vazifasini bajaradi. O‘z nizomiga muvofiq, Kengash talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, talabalar loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ilmiy salohiyatini oshirish bilan shug‘ullanadi. Talabalar Kengashi talabalarni universitetning ijtimoiy va ilmiy hayotiga jalb qilishni maqsad qilgan Kengash raisining maslahatchilari boshchiligidagi qo‘mitalarni o‘z ichiga oladi.

    Hozirgi kunda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Talabalar Kengashi Raisi -  “Xalqaro huquq” fakultetining 4-bosqich talabasi – Bekzod Beknazov.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari manfaatlarini ma’muriyat va boshqa manfaatdor tashkilotlar oldida himoya qiluvchi birinchi shaxs hisoblanadi. Kengash Raisi Kengash a’zolari va Talabalar Kengashi strategiyasini belgilovchi va boshqaruvchi shaxs hisoblanadi. Kengash Raisi Kengash qarorlari asosida har bir a’zoning ishini tartibga soladi.

    Rais departamentlarga aniq vazifalar qo‘yishi va topshiriqlarning bajarilishi ustidan nazorat o‘rnatadi.  Kengash Raisi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ilmiy Kengashining rasmiy a’zosi sifatida ko‘rib chiqiladi va talabalar muammolari bo‘yicha veto huquqiga ega.

    Talabalar Kengashi quyidagi qo‘mitalarni o‘z ichiga oladi:
     - Talabalar Kengashi matbuot xizmati;
     - Ilmiy-tadqiqot qo‘mitasi;
     - Tashkiliy masalalar bo‘yicha qo‘mita;
     - Volontyorlik qo‘mitasi;
     - Sport qo‘mitasi;
     - Talabalar bilan ishlash bo‘yicha qo‘mita;
     - Xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha qo‘mita.

    Talabalar o‘z arizalarini maslahatchilar va ularning jamoasiga yuborish orqali qo‘mitalarning biriga a'zo bo‘lish imkoniyatiga ega.

    • Talabalar kengashi matbuot xizmati
      Matbuot kotibi: Begimqulova Malika

    Matbuot xizmati Kengashning 5 ta ijtimoiy platformadagi (Telegram, Instagram, Facebook, Twitter (X), YouTube) sahifalarini boshqaradi, u yerda barcha qoʻmitalar faoliyatini muntazam yoritib boradi, vizual ravishda qabul qilinadigan ma'lumotlarni taqdim etishda va talabalar uchun tegishli plakatlar, e'lonlar va boshqa yangiliklarni tayyorlashda yordam beradi.

    • Ilmiy-tadqiqot qo‘mitasiMaslahatchi: Jo‘raboeva Dilshoda

    Mazkur qo‘mita talabalarning ilmiy maqolalar yozishda nazariy va amaliy tajriba orttirishlari uchun samarali platforma bo‘lib xizmat qiladi.  Qo‘mita tomonidan soha mutaxassislari, ilmiy rahbarlar ishtirokida muntazam tashkil etilayotgan seminarlar talabalarga ma’ruza, tezis, maqola va boshqa ilmiy ishlarni  sifatli va to‘g‘ri yozish imkonini bermoqda. Qo‘mita vazifasiga talabalar ishlarini nashr etishda qo‘llab-quvvatlash va yordam berish ham kiradi.

    • Tashkiliy masalalar qo‘mitasi
      Maslahatchi: Tursunbayev Saidkarim

    Qo‘mitaning vazifasi talabalar faolligini rivojlantirish va universitet ma’muriyati bilan hamkorlik qilishga qaratilgan turli tadbirlarni muvofiqlashtirish va o‘tkazishdan iborat. Qo‘mita konferensiyalar, madaniy va sport tadbirlari kabi tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish bilan shug‘ullanadi, shuningdek, ularni muvaffaqiyatli o‘tkazish uchun tashqi hamkorlar va homiylar bilan hamkorlik qiladi. Qo‘mitaning muhim vazifasi - boshqa bo‘linmalari ishini muvofiqlashtirish va barcha tadbirlarning yuqori darajada bo‘lishini ta’minlash uchun qo‘yilgan vazifalarning bajarilishini nazorat qilishdir.

    • Volontyorlik qo‘mitasi
      Maslahatchi: Imamov Javoxir

    Qoʻmita universitet maʼmuriyatiga yuqori darajadagi  tadbirlar uchun yagona volontyorlar bazasini tuzishda yordam beradi, turli volontyor ishlarini bajarish jarayonida talabalarga yordam beradi, JIDU volontyorlar bazasini doimiy ravishda yangilab boradi, shu bilan shaffoflik, tenglik va har bir talabaning volontyor sifatida faol ishtirok etish imkoniyatini qo‘llab-quvvatlaydi.

    • Sport qo‘mitasi
      Maslahatchi: Xalilov Amalbek

    Sport qo‘mitasining asosiy maqsadi universitet rahbariyati bilan birgalikda talabalar sport musobaqalari, universiadalar va boshqa sog’lomlashtirish tadbirlarni tashkil etish orqali talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat.  Qo‘mita doimiy mashg‘ulotlar va qo‘shma sport o‘yinlarini tashkil etish orqali talabalarni turli musobaqalarga tayyorlashga yordam beradi.

    • Talabalar bilan ishlash bo‘yicha qo‘mita
      Maslahatchi: G‘afforov Davronbek

    Talabalar bilan ishlash bo‘yicha qo‘mita Kengash tarkibidagi tuzilma bo‘lib, talabalar va Universitet ma'muriyati o‘rtasida samarali hamkorlikni ta'minlash, talabalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama rivojlanishiga ko‘maklashish, universitet muhitiga moslashishi va salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan.

    • Xorijiy tillarni o‘rganish bo‘yicha qo‘mita
      Maslahatchi: Kasimxojaeva Gulnora

    Tillarni o‘rganish qo‘mitasi tilni o‘rganish bo‘yicha yagona platformani shakllantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, unda talabalar turli to‘garaklar, muzokaralar, bahs-munozaralar, qo‘shma mahorat darslari va talabalarning til o‘rganish sohasidagi ko‘nikma va bilimlarini oshiruvchi boshqa tadbirlarda qatnashishi mumkin.
     
    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar Kengashi tarkibi:

    • Beknazov Bekzod Oqiljon o‘g’li – Talabalar Kengashi Raisi;
    • Begimqulova Malika Sherzod qizi  – matbuot kotibi;
    • Jo‘raboeva Dilshoda Komolxon qizi – ilmiy-tadqiqot masalalari boʻyicha maslahatchi;
    • Tursunbayev Saidkarim Azizjonovich – tashkiliy masalalar boʻyicha maslahatchi;
    • Imamov Javoxir Fayozovich – volontyorlik masalalari boʻyicha maslahatchi;
    • Xalilov Amalbek Muratovich – sport masalalari boʻyicha maslahatchi;
    • g‘afforov Davronbek Otabek o‘g‘li – talabalar bilan ishlash bo‘yicha maslahatchi;
    • Kasimxojaeva Gulnora Javlonovna – xorijiy tillarni oʻrganish masalalari boʻyicha maslahatchi.