
Bakalavriat dasturlari
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat dasturlari talabalarda global jarayonlarni chuqur anglash, murakkab masalalarni tahlil qilish hamda xalqaro darajada samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan fundamental bilim, amaliy ko‘nikma va zamonaviy dunyoqarashni shakllantiradi. Ta’lim jarayoni nazariy bilimlar, amaliy tayyorgarlik va fanlararo yondashuv uyg‘unligida tashkil etilgan.
Bakalavriat bosqichida universitet quyidagi asosiy ta’lim yo‘nalishlarini taklif etadi:
- Xalqaro munosabatlar;
- Siyosatshunoslik;
- Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar;
- Xalqaro-huquqiy faoliyat yo‘nalishidagi yurisprudensiya.
Har bir dastur davlat boshqaruvi, diplomatiya, xalqaro hamkorlik, tahliliy faoliyat va zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.
Asosiy kompetensiyalar
JIDU bakalavriat dasturlari bitiruvchilarda quyidagi kompetensiyalarni shakllantiradi: analitik va tanqidiy fikrlash; xalqaro siyosiy, iqtisodiy va huquqiy jarayonlarni tushunish; dalillarga asoslangan qaror qabul qilish; tadqiqot olib borish va ma’lumotlar bilan ishlash; professional yozma va og‘zaki muloqot; madaniyatlararo hamkorlik; hamda davlat, xususiy va xalqaro sektorlar uchun zarur bo‘lgan amaliy kasbiy tayyorgarlik.
Ta’lim jarayonida talabalar akademik mobillik dasturlari, amaliyot, yetakchi mutaxassislar va ekspertlar bilan uchrashuvlar, ilmiy izlanishlar hamda loyiha faoliyati orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy muhitda rivojlantiradilar. Bu esa ularda mustaqil fikrlash, moslashuvchanlik, strategik yondashuv va professional mas’uliyatni yanada kuchaytiradi. Natijada bitiruvchilar milliy va xalqaro darajada raqobatbardosh, tashabbuskor, zamonaviy va yuqori malakali mutaxassislar sifatida shakllanadilar.
Universitetda talabalarga ikkinchi xorijiy til sifatida 12 ta til ichidan tanlov qilish imkoniyati ham yaratilgan.
Quyida bakalavriat dasturlari bilan tanishishingiz mumkin.



