Akademik litsey
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyi
1. Akademik litseyning tashkil etilishi
Akademik litsey 1999-yilda tashkil etilgan. Akademik litsey ustavi 1999-yil 10-sentabrda o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tomonidan tasdiqlangan va 1999-yil 10-oktabrda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani hokimiyatida 2070-raqam bilan ro‘yxatga olingan. Litseyda asosiy shtatda 93 ta o‘qituvchi ishlaydi, ulardan 9 nafar o‘rindosh o‘qituvchi sifatida o‘quv jarayoniga jalb etilgan. Akademik litseyda 6 nafar fan nomzodi faoliyat yuritmoqda.
2. Ta’lim yo‘nalishlari
Akademik litseyda o‘quvchilar aniq fanlar ta’lim olishadi.
Aniq fanlar yo‘nalishi
Bu yo‘nalish o‘rta maktabning 9-sinfini bitirgan matematika, ingliz tili, ona tili va adabiyot, informatika fanlariga qiziquvchi o‘quvchilarni tanlov asosida o‘qishga qabul qiladi. Aniq fanlar yo‘nalishining o‘quv rejasi asosan o‘quvchilar akademik litseyni tugallaganlaridan so‘ng matematika, xorijiy til, ona tili va adabiyot fanlaridan test sinovlarini topshirib, xalqaro iqtisodiy munosabatlar, o‘lkashunoslik, mamlakatshunoslik, tashqi iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyot, statistika iqtisodiyotda axborot tizimi, moliya va kredit, iqtisodchi-pedagog, menejment, sug‘urta ishi bo‘lgan va matematika, xorijiy til, ona tili va adabiyot fanlaridan kirish test sinovlari topshiriladigan oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun mo‘ljallangan.
3. To‘garaklar
Litseyda tashkil etilgan to‘garaklar umumiy soni- 40 ta. Shulardan umumta’lim fanlar - 36 ta, sport seksiyalari - 3 ta, “Orasta qizlar” to‘garagi - 1ta. Tugaraklar umumiy o‘quvchilar miqdorining 73,8% ni qamrab olgan.
Chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlari bo‘yicha litseyda 36 ta fan to‘garaklari tashkil etilgan, ularga o‘quvchilar miqdorining 60% qamrab olingan.
4. Yutuqlar
Bugungi kunda akademik litseyda 1303 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Akademik litsey bitiruvchilarining bilim darajasi va oliy o‘quv yurtlariga kirish ko‘rsatkichlari Davlat test markazi (DTM) ma’lumotlariga ko‘ra Respublikada yuqori o‘rinlarda hisoblanadi.
Akademik litsey bitiruvchilari Respublikamizning eng nufuzli o‘quv yurtlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Toshkent Davlat iqtisodiyot univetsiteti, Toshkent Moliya instituti, Sharqshunoslik instituti, Jahon tillari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Xalqaro Vestminster universiteti, Gubkin nomidagi Moskva neft va gaz instituti, Turin politexnika universiteti, Singapur menenjmentni rivojlantirish instituti va boshqa bir qancha oliy dargohlarda tahsil olishmoqda.
Akademik litsey bitiruvchilarining oliy o‘quv yurtlaridagi natijalari monitoringi olib borilmoqda. 2016-o‘quv yilida akademik litseyning 65% bitiruvchilari yuqoridagi nufuzli o‘quv yurtlarining talabalari bo‘ldilar.
5. Xalqaro aloqalar
Bugungi kunda akademik litsey Gyote instituti (GFR) bilan yaqin aloqalar bog‘lagan. Litsey bu institut bilan 2008-yildan beri Germaniyaning dunyo bo‘yicha “1000 hamkor maktablar dasturi”da ishtirok etib kelmoqda. Litseyda o‘quvchilar ingliz tili, fransuz tili bilan birgalikda nemis tilini ham o‘rganmoqdalar.