Ta'limning yuqori sifati

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Ko'proq ma'lumot olish

Karyera shu yerda boshlanadi

Eng nufuzli ilm dargohi

Ko'proq ma'lumot olish

Talabalarni birlashtiruvchi makon

UWED Students' Council

Ko'proq ma'lumot olish

Bakalavriat

Bakalavr uchun kuzgi semestr

Batafsil

Magistratura

Bir yillik magistratura dasturi

Batafsil

«Smart universitet»

2023 yilidan boshlab Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyati transformatsiya qilinadi

Batafsil
Bakalavriat dasturlari

Bakalavriat dasturlari

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavriat dasturlari talabalarda global jarayonlarni chuqur anglash, murakkab masalalarni tahlil qilish hamda xalqaro darajada samarali faoliyat yuritish uchun zarur bo‘lgan fundamental bilim, amaliy ko‘nikma va zamonaviy dunyoqarashni shakllantiradi. Ta’lim jarayoni nazariy bilimlar, amaliy tayyorgarlik va fanlararo yondashuv uyg‘unligida tashkil etilgan. Bakalavriat bosqichida universitet quyidagi asosiy ta’lim yo‘nalishlarini taklif etadi: Xalqaro munosabatlar; Siyosatshunoslik; Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar; Xalqaro-huquqiy faoliyat yo‘nalishidagi yurisprudensiya. Har bir dastur davlat boshqaruvi, diplomatiya, xalqaro hamkorlik, tahliliy faoliyat va zamonaviy mehnat bozori ehtiyojlarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Asosiy kompetensiyalar JIDU bakalavriat dasturlari bitiruvchilarda quyidagi kompetensiyalarni shakllantiradi: analitik va tanqidiy fikrlash; xalqaro siyosiy, iqtisodiy va huquqiy jarayonlarni tushunish; dalillarga asoslangan qaror qabul qilish; tadqiqot olib borish va ma’lumotlar bilan ishlash; professional yozma va og‘zaki muloqot; madaniyatlararo hamkorlik; hamda davlat, xususiy va xalqaro sektorlar uchun zarur bo‘lgan amaliy kasbiy tayyorgarlik. Ta’lim jarayonida talabalar akademik mobillik dasturlari, amaliyot, yetakchi mutaxassislar va ekspertlar bilan uchrashuvlar, ilmiy izlanishlar hamda loyiha faoliyati orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini amaliy muhitda rivojlantiradilar. Bu esa ularda mustaqil fikrlash, moslashuvchanlik, strategik yondashuv va professional mas’uliyatni yanada kuchaytiradi. Natijada bitiruvchilar milliy va xalqaro darajada raqobatbardosh, tashabbuskor, zamonaviy va yuqori malakali mutaxassislar sifatida shakllanadilar. Universitetda talabalarga ikkinchi xorijiy til sifatida 12 ta til ichidan tanlov qilish imkoniyati ham yaratilgan. Quyida bakalavriat dasturlari bilan tanishishingiz mumkin. Til yo‘nalishidagi fanlar Sillabus: Rus tili I,II (2025) Sillabus: O‘zbek tili I , II (2025) SHARQ TILLARI SILLABUSLARI (Barcha ta’lim yo‘nalishlari uchun) 2025 Ikkinchi chet tili sillabuslari, 2025/26 (Romano-german tillari) 2025/26 Ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘quv jadvallari 2025/2026 o‘quv yili uchun akademik kalendar va amaliyot jadvali
Batafsil

JIDU'da o'qing

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 1992-yil 23-sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qoshida faoliyat yuritadi.

Bu oliy taʼlim muassasasi boʻlib, mutaxassislar va ilmiy kengashni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda quyidagi yoʻnalishlarda yuqori darajadagi fundamental va amaliy tadqiqotlar olib boradi:

  • Xalqaro iqtisodiyot va menejment;
  • Xalqaro munosabatlar va siyosatshunoslik;
  • Xalqaro ommaviy va xususiy huquq;
  • Yurisprudensiya.
Batafsil
JIDU'da o'qing
JIDUda Qozog‘istonning strategik rivojlanishi hamda Qozog‘iston–O‘zbekiston hamkorligi istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

JIDUda Qozog‘istonning strategik rivojlanishi hamda Qozog‘iston–O‘zbekiston hamkorligi istiqbollariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

2026-yil 6-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Qozog‘iston yangi tarixiy bosqichda: taraqqiyot yo‘nalishlari hamda O‘zbekiston bilan strategik sheriklik va ittifoqchilik istiqbollari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning Qozog‘iston xalqiga yo‘llagan “Yangi tarixiy bosqichda Qozog‘istonning dolzarb vazifalari” nomli Murojaatnomasining asosiy qoidalarini muhokama qilishga bag‘ishlandi. Davra suhbatida Qozog‘iston Respublikasi, Tojikiston Respublikasi va Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchilari, parlament, diplomatik korpus, yetakchi tahlil markazlari hamda ilmiy-akademik doiralar vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, Oliy Majlis, Markaziy Osiyo xalqaro instituti hamda JIDU vakillari Qozog‘istonni siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan modernizatsiya qilishning ustuvor yo‘nalishlari, infratuzilma va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shuningdek, davlat suverenitetini mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish hamda Markaziy Osiyoda mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Davra suhbati Qozog‘iston taraqqiyotining dolzarb masalalari va ikki tomonlama munosabatlarni yanada mustahkamlash yuzasidan atroflicha ekspertlar fikr almashuvi maydoniga aylanib, ikki davlatning umumiy manfaatlarini ilgari surishda akademik va ekspertlar muloqotining g‘oyat muhimligini yana bir bor tasdiqladi.

87
Talabalar farovonligi va inklyuziv muhitni rivojlantirishga qaratilgan tizimli faoliyat

Talabalar farovonligi va inklyuziv muhitni rivojlantirishga qaratilgan tizimli faoliyat

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Talabalar turar joyida talabalarning psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o‘zaro do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda inklyuziv muhitni rivojlantirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, davra suhbatlari va interaktiv psixologik treninglar muntazam amalga oshirilmoqda. Mazkur faoliyat universitet psixologi N. Norova, Yoshlar salohiyatini rivojlantirish ofisi bosh mutaxassisi M. Xodjaeva, UWED FORCE jamoasi hamda Yoshlar ittifoqi hamkorligida tashkil etilmoqda. Talabalar bilan olib borilayotgan mashg‘ulotlarda quyidagi yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda: -             Psixologik farovonlik: hissiy barqarorlik, o‘zini anglash, stressni boshqarish va sog‘lom psixologik munosabatlarni rivojlantirish. -             Inklyuziv tafakkur: stereotiplardan xoli fikrlash, empatiya, bag‘rikenglik va har bir insonning qadr-qimmatini hurmat qilish. -             Ijtimoiy faollik: jamoaviy hamkorlik, o‘zaro ishonch, mas’uliyat va do‘stona munosabatlarni mustahkamlash. -             Shaxsiy rivojlanish: tanqidiy fikrlash, muammoli vaziyatlarga maqbul yechim topish va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish. -             Mazmunli bo‘sh vaqt: interaktiv psixologik mashqlar, intellektual tanlovlar va jamoaviy faoliyat orqali talabalarning tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash. Mashg‘ulotlar davomida «Stereotipmi yoki haqiqat?», «Bir vaziyat — birgalikdagi yechim» hamda jamoaviy hamkorlikka yo‘naltirilgan interaktiv topshiriqlardan foydalanilmoqda. Faol ishtirok etgan talabalar sertifikatlar bilan rag‘batlantirilmoqda. Universitetda amalga oshirilayotgan mazkur faoliyat BMTning 2030-yilgacha bo‘lgan Barqaror rivojlanish kun tartibidagi quyidagi maqsadlar bilan bevosita uyg‘unlashadi: — Sog‘lom turmush va farovonlik. Talabalarning ruhiy salomatligi, psixologik barqarorligi va farovonligini qo‘llab-quvvatlash. — Sifatli ta’lim. Inklyuziv va teng imkoniyatlarga asoslangan ta’lim muhitini rivojlantirish, ijtimoiy-emotsional hamda shaxsiy rivojlanish ko‘nikmalarini mustahkamlash.  — Tengsizlikni qisqartirish. Kamsitish va stereotiplarning oldini olish, barcha talabalar uchun teng imkoniyatlar va o‘zaro hurmat tamoyillarini qaror toptirish. — Tinchlik, adolat va samarali institutlar. O‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, xavfsiz muloqot va kamsitishdan xoli munosabatlar madaniyatini rivojlantirish. Ushbu tizimli faoliyat orqali talabalar o‘rtasida sog‘lom muloqot madaniyatini mustahkamlash, o‘zaro ishonch va hamjihatlikni rivojlantirish, inklyuziv dunyoqarashni shakllantirish hamda har bir talabaning universitet hayotidagi ijtimoiy faolligini qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. Universitetda do‘stona, ochiq va qo‘llab-quvvatlovchi muhitni shakllantirishga qaratilgan hamkorlikdagi uchrashuv va treninglar izchil davom ettirilmoqda.

94

Bizning hamkorlarimiz

https://mgimo.ru/
https://www.undp.org/
https://www.berkeley.edu/
https://www.unibe.ch/index_eng.html
https://www.ox.ac.uk/
https://pennstatelaw.psu.edu/
https://www.wto.org/
https://www.columbia.edu/
https://www.gla.ac.uk/
https://www.wti.org/