5 muhim tashabbus

5 muhim tashabbus

    Besh muhim tashabbus markazi 2016-yil 14-sentabrdagi “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarori hamda universitet Ustaviga tayangan holda faoliyat yuritadi.
    Besh muhim tashabbus – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha ilgari surilgan ulugʻvor gʻoya.

    • Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, adabiyot, rassomlik, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, isteʼdodini yuzaga chiqarish.
    • Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chinniqtirish, ularni sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish. 
    • Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish.
    • Toʻrtinchi tashabbus – yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etish.
    •  Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash.

    Markaz – talabalarni yuksak maʼnaviyatli shaxs qilib tarbiyalash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli va samarali tashkil etish hamda besh muhim tashabbus gʻoyasi va ahamiyatini jamoatchilik orasida keng targʻib qilish va amalga oshirishga koʻmaklashuvchi tizim.
    Markazning maqsadi – universitetda taʼlim-tarbiya jarayonini yanada rivojlantirish, talabalarni besh muhim tashabbusi asosida ilgʻor gʻoyalarga safarbar qilish, ularning boʻsh vaqtini mutaxassislik xususiyatidan kelib chiqqan holda mazmunli oʻtkazish, maʼnaviy yuksalish hamda milliy taraqqiyotning taʼlimiy asoslarini amaliyotga joriy etishdan iborat.