Roman-german tillari kafedrasi
Bo'limlar
- Rektor ofisi
- Xalqaro aloqalar va marketing bo'limi
- Fan va innovatsiyalar bo'limi
- O`quv uslubiy bo`lim
- Registrator ofisi
- Karyera markazi
- Besh muhim tashabbus markazi
- Ommaviy axborot vositalari va nashriyot bo'limi
- Ishlar boshqarmasi
- Reja-iqtisod bo'limi
- Moliya bo'limi
- Kadrlar bo`limi
- Ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
- Til ta'limi markazi
- Ingliz tili kafedrasi
- Sharq tillari kafedrasi
- O'zbek va rus tillari kafedrasi
- Roman-german tillari kafedrasi
- Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi
- Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi
- Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi
- Xalqaro munosabatlar kafedrasi
- Siyosatshunoslik kafedrasi
1992-yil Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti tashkil topgan kundan boshlab, Roman-german tillari kafedrasi “Nemis tili”, “Fransuz tili” va “Jahon tillari” bo‘limlari negizida faoliyat yuritib kelgan. JIDU Ilmiy kengashining 2008 yil 25- oktabrdagi qaroriga binoan 3 kafedra birlashuvi asosida “Roman-german tillari” kafedrasi tashkil topgan.
Hozirgi kunda kafedrada quyidagi fanlar o‘qitilmoqda:
1. Fransuz tili (asosiy va ikkinchi chet tili sifatida);
2. Nemis tili (asosiy va ikkinchi chet tili sifatida);
3. Ispan tili (ikkinchi chet tili sifatida);
4. Italyan tili (ikkinchi chet tili sifatida);
5. Turk tili (ikkinchi chet tili sifatida).
Ushbu fanlarini o‘qitishda kafedrada hozirgi zamon ilg‘or uslub va tamoyillari, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi qo‘llaniladi. Yangi texnologiyalardan samarali foydalangan holda talabalarga nazariy bilim beriladi va amaliy mashg’ulotlar treninglar, bahs-munozaralar, davra suhbatlari tarzida olib boriladi.
Chet tillarini o’rganayotgan talabalar Davlat stipendiyalari, Respublika talaba-yoshlarning olimpiadalarida, hamda turli chet el vakolatxonalari tomonidan tashkil etiladigan tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.
Kafedrada hozirgi kunda asosiy shtatda 12 nafar professor-o’qituvchi faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan, 1 nafari filologiya fanlari nomzodi, 5 nafari katta o’qituvchi va 6 nafari o’qituvchi hisoblanadi. Kafedra professor-o‘qituvchilari boy tajribaga ega bo‘lib, O’zbekiston va xorijda o‘z kasbiy malakalarini muntazam oshirib boradilar.
Kafedrada professor-o‛qituvchilar tomonidan 50 ga yaqin o’quv va o‛quv-uslubiy qo‛llanmalar chop etilgan. Kafedraga 2019 yil sentyabr oyidan boshlab filologiya fanlari nomzodi V.A.Mamatkasimova rahbarlik qilmoqda.
Kafedrada o‘quv-uslubiy ishlardan tashqari turli ilmiy va ijodiy tadbirlar: ilmiy-metodik seminarlar, insholar tanlovi va chet tillarida teatrlashtirilgan tomoshalar, o‘rganilayotgan tillar mamlakatlari bayramlari o‘tkaziladi. Bu faoliyatning barchasi ta'limning asosiy maqsadi - talabalarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan.
Universitetda xorijiy tillarni o'rgatish ikkita asosiy xususiyatga ega: umumiy til va mutaxassislik tili. Mutaxassislik tili - tilni professionallashtirish, ya'ni, maxsus terminologiya bilan tanishish, ish yozishmalari, va, albatta, tarjima. Mutaxassislik tilini o'rgatish dasturlari maxsus fanlar bo'yicha o'quv dasturlari bilan muvofiqlashtirilgan bo'lib, chet tillari bo'yicha davra suhbatlari, tanlovlar, talabalar konferentsiyalari kabi interfaol o'qitish usullaridan foydalaniladi.