Besh muhim tashabbus markazi

Besh muhim tashabbus markazi

    Universitetning Yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalash bo‘limi talabalarning kasbiy va nokasbiy ko‘nikmalarini, insoniy xislatlarini shakllantirish, sport, sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, talabalar, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish kabi faoliyatni amalga oshirish maqsadida quyidagilar uchun mas’uldir:

    • talabalarni milliy g‘oyaga sadoqat, ona diyoriga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug‘ va oliyjanob maqsadga e’tiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga mo‘ljallangan ishlarni amalga oshirish;
    • barcha fakultetlar, kafedralarda ma’naviy-psixologik muhitning ahvolini, professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning kayfiyatini, intilishi va maqsadlarini hisobga olgan holda tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;
    • o‘zbek xalqining boy tarixiy, ilmiy, falsafiy, madaniy va ahloqiy merosiga, milliy o‘zligini tanish orqali yuksalish yo‘lini bosib o‘tgan ilg‘or davlatlarning tajribasiga tayangan holda milliy g‘oyani talabalarning ongi va qalbiga singdirish;
    • talaba-yoshlarda Ona Vatanimiz va jahon hamjamiyatida sodir bo‘layotgan siyosiy jarayonlarga mustaqil va ongli munosabatini shakllantirish, faol FUQAROLIK POZITSIYASI va FIDOYI VATANPARVARLIK TUYG‘USIni kamol toptirish;
    • professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, korrupsiya, turli yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy-g‘oyaviy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
    • talabalarda kattalarga hurmat-ehtirom, kichiklarga izzat va e’tibor ustuvor bo‘lgan sog‘lom ma’naviy muhit yaratilishi hamda o‘zaro mehr-oqibatning ezgu fazilatga aylanishiga ko‘maklashish;
    • O‘zbekistonning tinchliksevar tashqi va insonparvar ichki siyosatida erishilayotgan yutuqlarning bugungi kun va kelajak uchun ahamiyatini anglatish orqali talaba-yoshlarda MILLIY IFTIXOR tuyg‘usini tarbiyalash;
    • talabalarda IJTIMOIY ADOLAT mezonlarini har qanday shaklda buzilishiga to‘siqlik qilishi kayfiyatini va jamiyat ma’naviy-g‘oyaviy barqarorligi hamda davlat xavfsizligiga tahdid soluvchi illatlarning har qanday ko‘rinishiga qarshi nafratini uyg‘otish, ushbu illatlarni jamiyatda tarqalmasligi uchun talabalarni faol va fidoyi kurashchiga aylantirish.