Ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
Bo'limlar
- Rektor ofisi
- Xalqaro aloqalar va marketing bo'limi
- Fan va innovatsiyalar bo'limi
- O`quv uslubiy bo`lim
- Registrator ofisi
- Karyera markazi
- Besh muhim tashabbus markazi
- Ommaviy axborot vositalari va nashriyot bo'limi
- Ishlar boshqarmasi
- Reja-iqtisod bo'limi
- Moliya bo'limi
- Kadrlar bo`limi
- Ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
- Til ta'limi markazi
- Ingliz tili kafedrasi
- Sharq tillari kafedrasi
- O'zbek va rus tillari kafedrasi
- Roman-german tillari kafedrasi
- Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi
- Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi
- Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi
- Xalqaro munosabatlar kafedrasi
- Siyosatshunoslik kafedrasi
O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi qonunlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qarori talablari asosida ta’lim sifatini ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda olib borilayotgan islohotlar talablariga muvofiq yuksak darajaga ko‘tarish, shuningdek uzluksiz ta’lim tizimida ta’lim sifatini nazorat qilishni yanada takomillashtirish, kadrlar tayyorlash sifati va o‘quv jarayoni samaradorligining xolisona baholanishini nazorat qilish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 515-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorning 14-bandida Respublikadagi barcha oliy ta’lim muassasalari tarkibida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tashkil etilishi nazarda tutilgan. Yuqoridagi qarordan kelib chiqib Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi” tashkil qilindi.
2022-yil 21-dekabrdagi “YANGI O‘ZBEKISTON MA’MURIY ISLOHOTLARINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi PF-269 son farmoniga binoan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Ta’lim sifatini nazorat qilish” inspeksiyasining vakolatlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar xamda maktab va maktabgacha ta’lim vazirligi o‘rtasida qayta taqsimlandi.
Bo‘limning asosiy maqsadi ta’lim sifatini aniqlash, ta’lim sifatini oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish, Universitetning milliy va xalqaro reytingini oshirish yo‘nalishida ishlarni muvofiqlashtirish va olib borish, universitetning va uning tuzilmalarida ta’lim sifatini oshirishning yo‘nalishlarini belgilab berishga qaratiladi.
Universitetda ta’lim sifatini nazorat qilish boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanib, uning asosiy vazifasi ta’lim sifatini davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiqligini ta’minlash va universitetdagi o‘quv jarayonlarining samaradorligini oshirish maqsadida nazoratni tashkil etish bo‘yicha maqsadli va kelishilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Bo‘lim o‘zining faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri va Universitet rektorining buyruq va ko‘rsatmalariga amal qiladi.