Kadrlar bo`limi

Kadrlar bo`limi

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Kadrlar bo'limi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1992-yil 23-sentabrdagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tashkil qilish to`g`risida”gi PF-474-sonli farmoni va Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 24-oktabrdagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 491-sonli qarori asosida tashkil etilgan universitet tashkiliy bo'linmalaridan biri hisoblanadi. Kadrlar bo`limining vazifasi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ko'zlangan maqsadlarga erishish va o`quv jarayoniga tatbiq qilish.

    Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi:

    • universitet va xodimlar o‘rtasidagi mehnatga oid munosabatlarga doir hujjatlarning rasmiylashtirilishini ta’minlash;
    • universitet xodimlari haqidagi zarur ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
    • universitetning tashkiliy tuzilmasi va shtatlar jadvaliga o‘zgartirish kiritish haqidagi takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
    • xodimlar bilan munosabatlarda mehnatga oid qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini nazorat qilish.

    Bo‘lim o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

    • universitetning tashkiliy tuzilmasiga muvofiq, shaffoflik asosida tegishli lavozimlar uchun xodimlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishni ta’minlash;
    • tanlov asosida xodimlarni ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilishni mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari asosida rasmiylashtirilishini ta’minlash;
    • ishga qabul qilinayotgan xodimlarni universitetning barcha lokal hujjatlari bilan tanishtirish va unga amal qilinishini nazorat qilib borish;
    • ishga yangi qabul qilingan xodimlarning umumiy va kasbiy ko‘nikma hosil qilishlarini ta’minlash;
      xodimlarning mehnat daftarchalari, shaxsiy hujjatlar yig‘majildlari, kartoteka va qatiy hisobda turuvchi boshqa xujjatlarni yuritish va saqlash;
    • universitet xodimlariga xizmat ruxsatnomalari berilishini ta’minlash;
    • xodimlarning mehnat ta’tiliga chiqishlari bilan bog‘liq hujjatlarning hisobini olib borish;
    • universitetning boshqaruv xodimlari zaxirasini shakllantirish;
    • xodimlarning shaxsiy tarkibiga oid statistik hisobotlarni tayyorlash;
    • xodimlar bilan munosabatlarda mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, mehnat shartnomasi, universitetning jamoa shartnomasi va xodimning mansab yo‘riqnomasida belgilangan talablarning bajarilishini nazorat qilish, o‘z vakolatlari doirasida xodimlarga nisbatan rag‘batlantirish va intizomiy jazo choralari qo‘llash zarurligi yuzasidan universitet rektoriga taklif kiritish;
    • mehnat faoliyatida alohida o‘rnak ko‘rsatayotgan xodimlarni davlat mukofotlari, fahriy yorliqlar va boshqa turdagi mukofotlarga tavsiya etish bilan bog‘liq hujjatlarni belgilangan tartibda tayyorlash;
    • xodimlarning mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish, intizomiy javobgarligi masalalari bo‘yicha ko‘rib chiqish yuzasidan buyruq loyihalarini tayyorlash;
    • belgilangan tartibda mehnatga layoqatsizlik varaqalarini rasmiylashtirish, universitet xodimlariga pensiya tayinlanishi munosabati bilan zarur hujjatlarni tayyorlash;
    • bo‘lim zimmasiga yuklatilgan vazifalar yuzasidan universitet xodimlari va ishga qabul qilinayotgan shaxslarga tegishli maslahatlar berish, fuqarolarning murojaatlari ko‘rib chiqilishi va ularga tegishli javob berilishini ta’minlash.

    Kadrlar bo'limi bilan bog'lanish uchun:
    email: kadrlar_bulimi@uwed.uz 
    tel:+998712676540
    G (D) bino, 107, 115-xonalar