Ommaviy axborot vositalari va nashriyot bo'limi
Bo'limlar
- Rektor ofisi
- Xalqaro aloqalar va marketing bo'limi
- Fan va innovatsiyalar bo'limi
- O`quv uslubiy bo`lim
- Registrator ofisi
- Karyera markazi
- Besh muhim tashabbus markazi
- Ommaviy axborot vositalari va nashriyot bo'limi
- Ishlar boshqarmasi
- Reja-iqtisod bo'limi
- Moliya bo'limi
- Kadrlar bo`limi
- Ta‘lim sifatini nazorat qilish bo‘limi
- Til ta'limi markazi
- Ingliz tili kafedrasi
- Sharq tillari kafedrasi
- O'zbek va rus tillari kafedrasi
- Roman-german tillari kafedrasi
- Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro huquq va ommaviy huquq fanlari kafedrasi
- Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasi
- Xalqaro iqtisodiyot kafedrasi
- Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedrasi
- Xalqaro munosabatlar kafedrasi
- Siyosatshunoslik kafedrasi
Ommaviy axborot vositalari va nashriyot bo'limi JIDU faoliyatini OAVda keng yoritish hamda nashriyot va matbuot ishlarini tashkil etish maqsadida 2023-yili tashkil topgan.
Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar va nashriyot bo'limining vazifalari quyidagilardan iborat:
- Universitet faoliyatini axborot bilan ta'minlash;
- jamiyatda Universitetning ijobiy obro'sini shakllantirish va qo'llab-quvvatlash;
- Universitetning xalqaro maydonda tan olinishini oshirish;
- universitet faoliyati to‘g‘risida keng jamoatchilikni xolis, sifatli va tezkor axborot bilan ta’minlash;
- jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalarni rivojlantirish;
- universitetning rasmiy veb-saytida ma'lumotlarni tezkor joylashtirish va o'z vaqtida yangilab turish;
- universitetning boshqa bo‘limlari bilan birgalikda mahalliy ommaviy axborot vositalarida tarqatish uchun yangiliklar, axborot materiallarini tayyorlash;
- universitet faoliyati sohasiga oid matn, foto, audio va video materiallarning ma’lumotlar bankini shakllantirish va yuritish.
Ushbu maqsadlarga erishish uchun Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar va nashriyot bo'limi quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:
- Universitetning axborot siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
- Universitet faoliyati haqida press-relizlar, axborot xabarlari, maqolalar va boshqa materiallarni tayyorlash va tarqatish;
- matbuot anjumanlari, brifinglar va boshqa axborot tadbirlarini tashkil etish;
- ommaviy axborot vositalari bilan o'zaro aloqa;
- universitetning rasmiy veb-saytini va uning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini yuritish;
- axborot makonini monitoring qilish va universitet haqidagi salbiy nashrlarga javob berish;
- universitet faoliyati to'g'risida tahliliy materiallar tayyorlash;
- xalqaro loyihalar va tadbirlarda ishtirok etish;
- universitetning nashriyot-matbaa faoliyatini ta'minlash.
Ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar va nashriyot bo'limi quyidagi huquqlarga ega:
- Universitetning tarkibiy bo'linmalaridan o'z vazifalarini bajarish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni so'rash;
- Universitetning boshqa tarkibiy bo'linmalari xodimlarini o'z ishlariga jalb qilish;
- rektorat, fakultetlar, kafedralar majlislarida ishtirok etish;
- Universitetning axborot resurslaridan foydalanish;
- ommaviy axborot vositalari, jurnalistlar, bloggerlar, fikr yetakchilar bilan aloqa o'rnatish;
- xalqaro loyihalar va tadbirlarda ishtirok etish.
Bo'lim boshlig'i: Baxtiyar Madaminovich Xasanov