Fan va innovatsiyalar bo'limi

Fan va innovatsiyalar bo'limi

    JIDU Fan va innovatsiyalar bo'limi bo‘limining bosh vazifasi - oliy o‘quv yurtidan keyingi professional ta’lim tizimida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash.

    Bo‘lim:

    • ilmiy xodimlar ixtisosliklari nomenklaturasi asosida doktorantlar va mustaqil-izlanuvchilarni tayyorlash jarayonini tashkillashtiradi;
    • Universitet tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil-izlanuvchilik institutiga talabgorlardan zarur hujjatlarni qabul qiladi, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiradi hamda ko‘rib chiqish uchun Universitet rahbariyatiga taqdim etadi;
    • izlanuvchilarni qabul qilish rejalarini, kirish imtihonlarining tashkil etilishini va bajarilishini nazorat qiladi;
    • qabul va imtihon komissiyalari a’zolari hamda izlanuvchilarga imtihon o‘tkazilish vaqti va joyi yuzasidan xabar beradi;
    • qabul va imtihon komissiyalarining faoliyatini ta’minlaydi;
    • Universitet izlanuvchilarini ularning huquq va majburiyatlari, dissertatsiya ishlari bo‘yicha mavjud amaldagi qonun-qoidalari va tartiboti bilan tanishtiradi hamda zarur konsultatsiyalar o‘tkazadi;

    Universitetda tayanch doktorantura va doktoranturaga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha qabul amalga oshiriladi:

    • 07.00.09 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi;
    • 23.00.04 – Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari;
    • 08.00.09 – Jahon iqtisodiyoti;
    • 12.00.10 – Xalqaro huquq.