Imamova Xolida Kamalovna
Imamova Xolida Kamalovna
PhD, dotsent
Romano-german tillari kafedrasi
So'zlashuv tillari
O‘zbek, rus, turk, tojik
Mutaxassislik
• Tilshunos
• Sharqshunos
• Turkolog
Tarjimai hollar
Imamova Xolida Kamalovna - Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Romano-german tillari kafedrasi dotsenti
1992-1998 yillarda Turkiya Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi kotibi lavozimida ishlagan. 1998-2005 yillarda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti turkiy tilshunoslik kafedrasida turk tili o‘qituvchisi. 2005-yildan Sharqshunoslik instituti katta o‘qituvchisi, 2014-2016-yillarda Sharqshunoslik instituti doktoranturasida tahsil olgan. 2017 yilda “Turk tilida xushmuomalalik toifalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2017 yil 2 yanvardan boshlab, amaldagi Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti turkiy tillar kafedrasi dotsenti, 2020-yil 3-yanvardan hozirgacha dotsent.
Ilmiy nashrlar
50 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Ulardan 1 ta monografiya, 2 ta darslik, “Usmonli turkcha” darsligining tarjimasi (hammualliflikda). 30 dan ortiq maqolalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda, ulardan 20 tasi respublika, 10 tasi xorijiy (Turkiya, Rossiya) jurnallarida chop etilgan. Bir qator xalqaro ilmiy anjumanlar ishtirokchisi (Turkiya; 2022, Amerika: 2016, Rossiya: 2014; O‘zbekiston, 2014, 2015, 2020, 2022).