O‘zbekistonda migratsiya huquqi va undagi muhim tendensiyalar

O‘zbekistonda migratsiya huquqi va undagi muhim tendensiyalar

    O‘zbekistonda migratsiya huquqi va undagi muhim tendensiyalar

    O‘zbekistonda migratsiya huquqi va undagi muhim tendensiyalar

    Migratsiya huquqi inson huquqlarining ajralmas qismi hisoblanishi bilan birga uzoq rivojlanish tarixiga ham ega. Qadimgi davrlarda u ko‘proq fuqarolik maqomi, muqim yashash joyini tanlash, erkin harakatlanish tushunchalari sifatida ishlatilgan.

    O‘zbekistonda migratsiya huquqi mustaqillik yillaridan boshlab rivojlanib, aholi migratsiyasi o‘sa boshladi va ushbu jarayonni tartibga solish va mustahkamlashga qaratilgan institutlar vujudga keldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi 4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”ni “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi” yurtimizda migratsiya huquqi rivojlanishining yangi davrini ochib bergan farmon boʼldi. 2017 yil O‘zbekistonda migratsiya huquqi sohasida tub burilish va rivojlanish yili bo‘ldi, jumladan, passport-viza, xorijga chiqish-kirish tizimi tubdan takomillashtirildi. Pasport tizimini takomillashtirish orqali xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibini bekor qilish yuzasidan Prezident farmoni imzolandi va Farmon ijrosi asosida migrantlarimizga qulay shart-sharoit va qulayliklar yaratildi, migrantlar huquq va erkinliklari yanada mustahkamlandi, chegara va bojxona xizmatchilarining ish faoliyati yanada takomillashtirildi va turizm sohasi yanada jadal surʼatlar bilan rivojlana boshladi.

    O‘zbekiston fuqarolarining konstitutsiyaviy huquqlarini taʼminlash maqsadida Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk olishda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun ushbu hududda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi talab qilinmaydigan, shuningdek, doimiy yashash va vaqtincha turarjoyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini buzganlik fuqarolarni tegishli hudud va manzildan chiqarib yuborishga asos bo‘lmaydigan bo‘ldi. Chegara nazoratidan o‘tish jarayoni muddatini qisqartirishga qaratilgan pasport va chegara nazorati mexanizmini avtomatlashtirish, “elektron-darvozalar” (E-Gate) tizimi joriy etildi. Xorijdagi vatandoshlar uchun O‘zbekistonga kelib-ketish, mamlakatda qolish, mehnat faoliyatini olib borish, investitisya kiritish uchun kerakli shart-sharoitlar yaratish uchun “Vatandosh” vizasi/pasporti, iqtisodiyotimizga investitsiya olib kirmoqchi bo‘lgan xorijiy davlatlar fuqarolari uchun maxsus investitsion viza joriy etildi. 2020-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulkka ega bo‘lishda doimiy propiska mavjudliligi haqidagi talab bekor qilindi. Biometrik pasport infratuzilmasi negizida Respublika fuqarosining biometrik pasporti o‘rniga identifikatsiyalash ID-kartalarini berish tizimi joriy etildi.

    Xorijga mehnat migratsiyasiga ketayotgan va xorijiy til hamda kasblar boyicha malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan fuqarolarimizga ragbatlantirish tizimi joriy etildi. Xorijiy tillar yoki kasblarga oqigan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan, “Labor-migration” dasturiy majmuasida royxatdan otgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb boyicha muvaffaqiyatli topshirilgan malaka imtihoni harajatlarini tolab berish, xorijga ketish uchun transport chiptalarini xarid qilishga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida subsidiya berish tartiboti yolga qoyildi. Rivojlangan davlatlarga, jumladan, Yevropa mamlakatlari, Аmerika Qoshma Shtatlari, Kanada, Yaponiya, Аvstraliyaga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga jonayotgan fuqarolarga ushbu mamlakatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun “ishchi viza”ni rasmiylashtirish xarajatlari qoplab beriladigan boldi. Toshkent shahrida Migratsiya boyicha xalqaro tashkilotning nufuzli vakolatxonasi ochildi va ushbu vakolatxona bilan hamkorlikda 2030-yilgacha bolgan davrda barqaror rivojlanish sohasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirish, mehnat migrantlarni huquq va erkinliklarini himoya qilishda kafolatlangan tenglik meʼzonlariga erishish yolida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

    Rasmiy maʼlumotlarga qoshimcha ravishda, rasmiy ishlash yoki yashash uchun ruxsatnomasiz, norasmiy ishlash va boshqa viza sxemalari doirasida, xususan, Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan kishilar ham bolganligi xabar qilingan (Ryazansev va boshqalar, 2021). Yana bir korsatkich sifatida, Turkiya Migratsiyani boshqarish agentligi (MBR) ham, Turkiya hududida tartibga solinmagan tarzda faoliyat yuritayotgan ozbek migrantlarining soni 2022-yilda 7553 nafar, 2023-yil avgust holatiga kora esa, 4954 nafar bolganini qayd etganini keltirishimiz mumkin. Ushbu tendensiyalarni yanada yaxlitroq tushunish va umumiy korinishga keltirish uchun Ozbekistonning rasmiy statistikasini Rossiya Federatsiyasi, Qozogiston, Turkiya Respublikasi va Koreya Respublikasi milliy statistika idoralarining rasmiy statistik maʼlumotlari bilan toldirish alohida ahamiyatga ega. Ozbekistondan ketgan migrantlar uchun beshta asosiy mamlakat Rossiya Federatsiyasi (1,1 million), keyingi orinlarda Qozogiston (296 ming), Ukraina (223 ming), Turkmaniston (67 ming) va Аmerika Qoshma Shtatlari (63 ming) boldi (BMT DESА, 2021). Biroq 2022-yilda Ozbekiston fuqarolari quyidagi asosiy mamlakatlarga doimiy yashash uchun kochib otgan: Qozogiston (79,5 foiz), undan so‘ng Rossiya Federatsiyasi (16,4 foiz), Markaziy Osiyo davlatlaridan tashqari boshqa yo‘nalishlar (2,7 foiz), Qirg‘iziston (0,7 foiz), Tojikiston (0,5 foiz) va Turkmaniston (0,3 foiz)ni tashkil etdi (O‘zStat, 2023). Аytish joizki, migratsiya masalalari o‘z ichiga faol, o‘rta yosh va yosh aholini qamrab oladi. Mutasaddi idora tomonidan tashqi migratsiyaga moyil bo‘lgan aholining rasmiy statistikasi ishlab chiqiladi va chet el davlatlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan Respublika fuqarolarining doimiy monitoringi olib boriladi. Noqonuniy migratsiya asosida mehnat faoliyatini olib borayotgan aholining monitoringini yuritish va tahlil qilish murakkab, chunki bu borada bir qancha mutassaddi organlar jumladan, IIV, o‘zini o‘zi boshqarish organlariga topshiriqlar berilgan bo‘lsa-da, aniq va muvofiqlashtirilgan statistikani yaratishda kamchiliklar kuzatiladi.

    So‘nggi besh yilda xorijiy investitsiyalar ishtirokida mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha bir qancha loyihalar ishlab chiqilishi, yetuk malakaga ega mutaxassis sifatida chet el fuqarolarining O‘zbekistonga migratsiya oqimlarini ko‘paytirdi. Birgina 2019-yilda 2639 ta korxonaga ishchi kuchini jalb qilish va undan foydalanish uchun ruxsatnomalar, 10315 ta xorijiy fuqarolarga mehnat faoliyati tasdiqnomasi berilgan.

    O‘zStat maʼlumotlariga muvofiq, 2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, mamlakat aholisining umumiy soni 36 million kishini, migrantlar soni esa 2,3 million nafarni tashkil etib, ulardan 1,1 million nafari erkaklar va 1,2 millon nafari ayollardir. 2022-yilda migrantlar soni 2018-yilga nisbatan 21 foizga kamaydi (O‘zStat, 2023). 2020-2021-yillardagi pasayish COVID-19 tarqalishini oldini olish uchun dunyo bo‘ylab kiritilgan safar cheklovlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. 2022-yilda O‘zbekiston hududida ro‘yxatga olingan ichki migratsiya soni 214 821 nafarni tashkil etdi, shundan 40 foizi (85,6 mingga teng) erkaklar va 60 foizi (129,2 ming) ayollardir. 2022-yilda ichki migrantlar oqimi 2018-yilga nisbatan 34,1 foizga oshdi (O‘zStat, 2023). 2022-yilda 2,3 million kishini tashkil etgan xalqaro migrantlar oqimi 2018-yilga nisbatan 20,7 foizga kamaydi: bunda 52 foizini ayollar, 48 foizini erkaklar tashkil etdi (O‘zStat, 2023). Hududiy taqsimotga nazar tashlaydigan bo‘lsak, O‘zbekiston hozirgi vaqtda qishloq joylaridan shaharlarga doimiy ichki migratsiyaning yuqori darajasini boshdan kechirmoqda. Yangi ko‘chib kelganlarning 76 foizi (164,3 mingga teng) ichki va xalqaro miqyosda shaharlarda, qolgan 24 foizi (50,5 ming) qishloq joylarda istiqomat qilgan (O‘zStat, 2023). O‘zStat maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilda respublikadan chet elga, boshqa manzilga ko‘chib o‘tganlar soni 880 ming nafarni tashkil etgan. Xuddi shu manbaga ko‘ra, 2022-yilda O‘zbekistondan ketganlar soni 2018-yilga (1,76 million) nisbatan ikki barobarga (880 ming) kamaygan. 2022-yilda immigratsiyaning gender tarkibi deyarli teng bo‘ldi: 53 foizi ayollar, 47 foizi erkaklar (O‘zStat, 2023). O‘zbekistonlik migrantlar uchun ular boradigan barcha mamlakatlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar cheklangan bo‘lsa-da, Rossiya Federatsiyasidagi mehnat migrantlari soni o‘zgarishining bir qancha omillari quyidagilardan iborat: birinchidan, migrantlarning asl mamlakatlaridagi umumiy iqtisodiy vaziyat va Rossiya Federatsiyasidagi ish beruvchilarning ehtiyojlari; ikkinchidan, Rossiya Federatsiyasiga kirish tartibi, ro‘yxatdan o‘tish tartiblari va Rossiya mehnat bozoriga kirish; uchinchidan, mehnat bozoridagi vaziyatni tartibga solish maqsadida Rossiya hukumati tomonidan migrantlarni ishga joylashtirishga nisbatan kiritilgan cheklovlar (“to‘siqlar”) (iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha bandlik kvotalari, patent narxi). Ko‘pincha bu va boshqa omillarning yig‘indisi migrantlarning tartibga solingan va tartibga solinmagan migratsiya maqomi o‘rtasida harakatlanishiga olib keladi. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya masalalari bosh boshqarmasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2020-yilda Rossiya Federatsiyasida ro‘yxatga olingan migrantlar va mehnat migrantlari soni COVID-19 pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlar tufayli qariyb ikki barobarga kamaygan. Rossiya Federatsiyasi koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida 2020-yil 20-martdan boshlab rejali havo qatnovlarini to‘xtatganligi sababli, davlatlar o‘rtasida faqat charter (birinchi navbatda, chiqish) reyslar amalga oshirilgan bo‘lib, pandemiya davrida ko‘plab mehnat migrantlari Rossiya Federatsiyasini tark eta olmadi. Rossiya hukumati xorijiy fuqarolarning COVID-19 pandemiyasi davrida mamlakat hududida bo‘lish imkoniyatini bir necha bor uzaytirdi, jumladan 2020-yilning 15-iyuniga qadar, 2020-yilning 25-dekabriga qadar, 2021-yilning 15-iyuniga qadar va so‘nggi bor 2021-yilning 30-sentabriga qadar uzaytirildi. Tabiiyki, bunday sharoitda Markaziy Osiyo davlatlaridan Rossiya Federatsiyasiga mehnat migrantlarining oqimi keskin kamaydi. Faqat 2021-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun chegaralar ochildi. O‘zStat maʼlumotlarga ko‘ra, 2022-yilda o‘zbekistonlik migrantlar oqimi 221 ming nafarga teng bo‘lgan: jami immigrant oqimining 60 foizini (132,8 ming nafar) ayollar, 40 foizini (88,5 ming nafar) erkaklar tashkil etgan. O‘zbek migrantlarining asosiy qismi shaharlardan 66 foiz (145,8 ming), qolgan 34 foizi qishloq joylardan (75,5 ming) bo‘lgan (O‘zStat, 2023)

    Migratsiya jarayonini muvofiqlashtirish uchun bir qancha dolzarb masalalarga yuzlanish va muammolar tahliliga yuzlanish zarur, jumladan

    Eng avvalo, mehnat bozoridagi ishchi kuchi taklifi va unga bo‘lgan talab o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish;

    Ushbu muammo va sohaga oid yangicha yo‘l xaritasini ishlab chiqish;

    Noqonuniy migratsiyani va noqonuniy tashqi mehnatni tartibga solish;

    Migratsiya jarayonlarini va byurokratiyani aholi uchun soddalashtirish va aholining barcha qatlamlariga “to‘rtinchi hokimiyat” ₋ ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borish;

    Yoshlarning sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va o‘zgarishlarga tayyorligini o‘rganish va tahlil etish orqali qanchalik ijobiy taʼsir ko‘rsatishning psixologik-innovatsion yechimlarini asoslash;

    Аholi turmush darajasini yana ham oshirish va ular bilan doimiy muloqot va uchrashuvlarni tashkil etish;

    Migratsiya sohasidagi davlat boshqaruviga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash va ushbu sohani raqamlashtirishni huquqiy tartibga solish;

    Ushbu muammoni ijobiy hal etgan va migratsiya tamoyillarini muvofiqlashtira olgan rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holatda yangi innovatsiyalarni hayotga tadbiq qilish;

    Migratsiya masalalarini tahlil qilish va statistik maʼlumotlarni ishlab chiqish uchun tegishli davlat organlari, migratsiya bilan shug‘ullanuvchi xususiy kompaniyalar va tashkilotlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, ular bilan umumiy va yakdil platforma yaratish.

    Migratsiya jarayonlarini raqamlashtirish bo‘yicha xalqaro huquqiy hujjatlar hamda migratsiya tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xorijiy davlat tajribalarini ayrim xalqaro xujjatlar va davlatlar misolida tahlil qilgan holda, migratsiya sohasida xalqaro miqiyosida tizimli ishlar olib borilayotganini yodda tutish lozim. Butunjahon migratsiya siyosati va uni amalga oshirish tamoyillari va tendentsiyalari boʼyicha yagona kelishuvga erishilmagan bo‘lsa-da, barcha davlatlar tomonidan migratsiyani tartibga solish bo‘yicha yangi metodlarni ishlab chiqish va har bir mamlakat migratsiya sohasiga yangi va zamonaviy texnologiyalar va axborot-kommunikatsiya vositalarining joriy etilishi migratsiya borasidagi muammolarni hal qilinishiga muhim omil bo‘lishi mumkin.

     

    Yusuvaliyeva Raxima,

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

    “Xalqaro ommaviy huquq va davlat huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri,

    professor, yuridik fanlar nomzodi

     

    Turgunboyev Otabek,

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti,

    Xalqaro huquq fakulteti talabasi