Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida quyosh panellari elektr energiyasi ham ishlatilmoqda
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida quyosh panellari elektr energiyasi ham ishlatilmoqda
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti yashil iqtisodiyotning ajralmas boʻgʻini hisoblangan muqobil va qayta tiklanuvchi energiya tizimlarini joriy qilishni boshladi.
Bugungi kunda umumiy miqdorda soatiga 267 KVt elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi quyosh panellari oʻrnatilgan va ishga tushirilgan.
Hisob-kitoblarga koʻra, oʻrnatilgan quyosh panellari universitetning elektr energiya uchun sarflaydiagan xarajatlarini quyosh kam boʻlgan oylarda 20 foizga, yoz oylarida esa 30 foizga kamaytiradi
JIDUda quyosh panellarini oʻrnatish 2022-yilda boshlangan boʻlib, 27 KVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi quyosh panellari Eko Kutubxona tomiga oʻrnatilgan edi. Bu jarayon davom ettirilib 2023-yil sentabr oyida D va G bloklari, talabalar turar joyi va “SOK” binosi tomlariga soatiga 240 KVt elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi quyosh panellari oʻrnatildi.
Bundan tashqari, universitet bosh energetigi bergan maʼlomatlarga koʻra, bu jarayon toʻxtab qolgani yoʻq va yil oxiriga qadar soatiga 50 KVt elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi quyosh panellari oʻrnatilishi rejalashtirilmoqda.
Date: | 02.11.2023 |
Views: | 2396 |
Share: |