Xalqaro iqtisodiyot va menejment

Xalqaro iqtisodiyot va menejment

    “Xalqaro moliya va investitsiyalar” kafedrasi “Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi asosida 2008 yilning 14 avgustdagi va 2019 yil 15 fevraldagi Ilmiy kengash qarorlariga muvofiq ravishda tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrada 1 nafar professor, 4 nafar dotsent, 1 nafar katta va 4 nafar oʻqituvchi dars berib kelmoqda. Shuningdek oʻrindoshlik va soatbay asosida 3 nafar amaliyotchi soha mutaxassislari jalb qilingan.

    Xalqaro moliya va investitsiyalar kafedrasida oʻtiladigan darslar:

    Bakalavrda:  

    • Xalqaro marketing 
    • Iqtisodiy diplomatiya 
    • Marketing 
    • Xalqaro moliya 
    • Xalqaro investitsion faoliyat 
    • Buxgalteriya hisobi va audit 
    • Iqtisodiy muzokaralar 
    • Xalqaro moliya 
    • Xalqaro logistika 
    • Moliyaviy menejment 

    Magistraturada
    • Loyihalarni boshqarish 
    • Zamonaviy xalqaro savdoning tendensiyalari va amaliyoti 
    • Iqtisodiy diplomatiya va xavfsizlik 
    • Loyihalarni boshqarish 
    • Iqtisodiy diplomatiya va xavfsizlik 
    • Investitsion risklar 
    • TIFni modellashtirish 
    • Xalqaro audit 
    • Xalqaro marketing 
    • Zamonaviy xalqaro savdoning tendensiyalari va amaliyoti. 
    Kafedra mamlakatimiz va chet eldagi oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlik qilib, ushbu hamkorlik doirasida professor-oʻqituvchilar oʻzlarining kasbiy va pedagogik mahoratlarini oshirmoqdalar. 
    Kafedra xalqaro investitsion faoliyat nazariyasi va amaliyoti, xalqaro investitsion faoliyat strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish masalalarini tadqiq qiladi. 
    Shuningdek, talabalarda xalqaro investitsion faoliyat, tadbirkorlikning turli shakllari, investitsion iqlimni baholash, xalqaro va global raqobat sharoitida milliy ishlab chiqaruvchilarni moslashishi boʻyicha koʻnikmalarini shakllantirishdan iborat.