
Murotov Akmal Xakimovich

Murotov Akmal Xakimovich
Kafedra: "Xalqaro moliya va investitsiyalar" kafedrasi,
JIDU “B” bino 311-xona
Lavozimi: dotsent
E-mail: amurotov@uwed.uz, makmal2001@mail.ru
Tarjimai hollar
Murotov Akmal Xakimovich 1956 yili Toshkent shahrida tavallud topgan.
1979 yili Toshkent transport injenerlari institutini va 1993 yili Rossiya boshqaruv akademiyasining aspiranturasini tugatgan, iqtisod fanlari nomzodi. 1979-1990 yillarda xalq xo‘jaligining turli sohalarida mutaxassis bo‘lib ishlagan. 1993-2013 yillarda O‘zbekiston Respublikasi valyuta birjasida mutaxassis, Bosh direktor o‘rinbosari, Bosh direktor lavozimlarida ishlagan.
2014 yildan ta’lim sohasida ishlaydi. Dastlab Toshkent mintaqaviy bank o‘quv markazida konsultant-o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2014 yil sentyabr oyidan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Xalqaro moliya va investitsiyalar” kafedrasida faoliyat olib boradi.
Ilmiy nashrlar
Ilmiy izlanishlar sohasi: qimmatli qog‘ozlar bozori, xalqaro valyuta-kredit munosabatlari , xalqaro investitsiyalar.
Dars beradigan fanlari: xalqaro investitsion faoliyat, bank ishi, iqtisodiy diplomatiya, xalqaro iqtisodiy muzokaralar.