Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy bank bo‘lim boshlig‘i Ruslan Yakovlev hamda Xalqaro iqtisodiyot va menejment talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Markaziy bank bo‘lim boshlig‘i Ruslan Yakovlev hamda Xalqaro iqtisodiyot va menejment talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori koʻrsatmasiga asosan, talabalarning o‘z sohalari boʻyicha tegishli yetakchi respublika tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvini tashkil etish vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 25-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Pul-kredit siyosati boshqarmasi
“Pul-kredit siyosati vositalarini tahlil qilish” bo‘limi boshlig‘i Ruslan Yakovlev hamda Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti talabalari ishtirokida uchrashuv boʻlib o‘tdi.
Unda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi, Markaziy bank vakili Ruslan Yakovlev talabalarga muvaffaqiyatli ta’lim olish sirlari, xalqaro tanlovlarda ishtirok etish va gʻolib boʻlish, amaliyot hamda kelgusidagi karyera rejalarini mukammal amalga oshirish borasida o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
Shuningdek, tadbir davomida talabalarga Markaziy bank faoliyati hamda mamlakatning hozirgi pul-kredit siyosati haqida batafsil ma’lumotlar berib oʻtildi.
Suhbat yakunida savol-javob asosida kelgusida Markaziy bank tizimida ishlamoqchi boʻlgan talabalar roʻyxati shakllantirildi hamda ushbu nomzodlarni Markaziy bankda amaliyot oʻtash masalalari kelishib olindi.