Xalqaro iqtisodiyot va menejment
“Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshida 2022-yilda 2 ta kafedra - “Matematik modellashtirish va informatika” va “Tizimli tahlil va menejment” kafedralari negizida tashkil topgan. "Matematik modellashtirish va informatika" kafedrasi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida qoshida 1992-yili va “Tizimli tahlil va menejment” kafedrasi 2019-yili tashkil topgan.
Bu kafedra mudiri – fizika-matematika fanlari doktori, professor Raimova Gulnora Mirvaliyevna. Kafedrada koʻp yillardan beri universitetimizda dars berib kelayotgan bir qator yetuk mutaxassislar faoliyat yuritib kelmoqda. Jumladan, fizika-matematika fanlari doktorlari, professorlar A.S.Rasulov, U.Dalabayev, M.T.Bakoyev, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent A.Sattarovlar. Hozirgi kunda kafedrada 5 ta professor, 2 ta dotsent, 3 ta katta oʻqituvchi, 5 ta oʻqituvchi va 2 ta shogird-oʻqituvchi, jami 17 ta professor-oʻqituvchilar faoliyat koʻrsatadilar.
Kafedrada universitetning barcha bakalavr yoʻnalishlari talabalari uchun “Ekonometrika”, “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika”, “Miqdoriy usullar asoslari”, “Ijtimoiy tadqiqotlarda miqdoriy usullar”, “Axborot texnologiyalari”, “Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”, “Iqtisodiyotda miqdoriy usullar”, “Optimal qarorlarni qabul qilish usullari”, “Menejment asoslari”, “Ilmiy tadqiqot etikasi va usullari”, “Tizimli tahlil” kabi fanlardan va magistraturaning “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” ixtisosliklari magistrantlari uchun “Ilmiy tadqiqotlar metodologiyasi”, “Amaliy ekonometrika”, “Global miqyosda strategik menejment “ kabi fanlardan darslar olib boriladi.
Kafedra Oʻzbekiston Milliy universiteti, OʻzR Fanlar akademiyasi Matematika instituti, M. Ulug'bek nomidagi Oʻzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.