Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Biznes jarayonlarini boshqarish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Biznes jarayonlarini boshqarish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Joriy yilning 31-oktabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti magistratura bosqichi talabalari uchun tadbirkor, biznes eksperti, “MFactor” va “Dekos” kabi loyiha asoschilaridan biri, “Deli” kompaniyasi bosh direktori Husan Mamasaidov ishtirokida “Biznes jarayonlarini boshqarish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuv Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti “Tizimli tahlil va matematik modellashtirish” kafedrasi tomonidan tashkil etildi. Suhbat davomida tadbirkor xavfsiz biznes, biznesni rivojlantirish usullari, omadli boshqaruv, maqsadlarga erishish tizimi, strategiya, HR, biznes modellar haqidagi dolzarb savollarga javob berdi. “MFactor” loyihasining “Time Management”, “Life Management” hamda “Biznesda kuzatuvlar” mavzularida eksklyuziv taqdimotlarni namoyish etdi.
Davra suhbati davomida, tadbirkor biznes-keyslar orqali muammolarni hal etish yo‘llari, ratsional qarorlarni qabul qilishga qaratilgan nazariy va amaliy yondashuvlar bilan bo‘lishdi. Jumladan, yoshlarga biznesda bilimning ahamiyati, kitob mutolaasi, ilmiy hamda amaliy mavzulardagi suhbat va uchrashuvlarning ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Tadbir so‘ngida magistrantlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi va tadbirkor tomonidan taqdim etilgan imtiyozlarni qo‘lga kiritdi.
Sana: | 02.11.2023 |
Ko'rganlar soni: | 3707 |
Kategoriya: | Xalqaro iqtisodiyot va menejment |
Ulashish: |