“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi – Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish drayveri: yoshlar nigohida” nomli respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi
“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi – Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish drayveri: yoshlar nigohida” nomli respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 15-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi – Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish drayveri: yoshlar nigohida” nomli respublika ilmiy-amaliy anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti vakillari, milliy ommaviy axborot vositalari vakillari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqlotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Mazkur anjuman Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston–2030” Strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoni ijrosini taʼminlash maqsadada tashkil etilgan boʻlib, unda Strategiyani yosh olimlar tomonidan har tomonlama chuqur oʻrganishga qaratildi.