“O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilish: muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
“O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilish: muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 5-dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “O‘zbekistondan Yevropa Ittifoqi bozoriga eksport qilish: muammolar, imkoniyatlar va istiqbollar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirok etishdi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasidan Yevropa Ittifoqi bozorlariga eksport qilishda Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston transport, bojxona, soliq tizimlarining ahamiyati, shuningdek mavjud imkoniyatlar va istiqbollar muhokama qilindi.