Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilgan Erasmus+ loyihasi bo‘yicha boshlang‘ich uchrashuvda ishtirok etdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari Qirg‘iziston Respublikasida o‘tkazilgan Erasmus+ loyihasi bo‘yicha boshlang‘ich uchrashuvda ishtirok etdi
Joriy yilning 6-8-iyun kunlari Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik akademiyasida Erasmus+ loyihasi bo‘yicha “Iqlim o‘zgarishiga chidamlilikni oshirish, barqaror rivojlanish, tinchlik va xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy Osiyoning suv sektori uchun inson salohiyatini rivojlantirish” (HWCA) mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari: Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti dekani M.Xamdamov va kafedra dotsenti S.To‘rayevalar ishtirok etishdi. Ushbu mintaqaviy loyihada Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyodan 16 ta hamkor universitetlar vakillari qatnashdi.
Boshlang‘ich yig‘ilish doirasida barcha hamkor universitetlarning taqdimotlari o‘tkazildi, loyihani amalga oshirish bo‘yicha asosiy maqsad va rejalar ko‘rib chiqildi hamda tashkiliy masalalar muhokama qilindi.