PROFESSOR KRISTIAN XABERLI HAMDA UMIDA HAQNAZAR TOMONIDAN “JAHON SAVDO TASHKILOTI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI MAXSULOTLARI SAVDOSI” MAVZUSIDA TRENING O‘TKAZILDI
PROFESSOR KRISTIAN XABERLI HAMDA UMIDA HAQNAZAR TOMONIDAN “JAHON SAVDO TASHKILOTI DOIRASIDA QISHLOQ XO‘JALIGI MAXSULOTLARI SAVDOSI” MAVZUSIDA TRENING O‘TKAZILDI
Joriy yilning 6-8-sentabr kunlari Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Jahon Savdo Tashkiloti (JST) kafedrasi loyihasi” doirasida Jahon savdo instituti (Bern universiteti) professori Kristian Xaberli (Christian Häberli) hamda ilmiy tadqiqotchisi Umida Haqnazar tomonidan JST kelishuvlariga binoan savdo va qishloq xo‘jaligiga doir masalalar bo‘yicha JIDUning bir guruh professor-o‘qituvchilari va talabalariga, shuningdek, davlat organlari mutaxassislari uchun trening o‘tkazildi.
Kristian Xaberli
2007-yildan boshlab Jahon savdo instituti (JSI) aʼzosi va Yevropa, Osiyo, Afrika va Amerikada tadqiqotlar va ilmiy ishlari boʻyicha maslahatchi hisoblanasi. U qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi, ortiqcha vazn va to‘yib ovqatlanmaslik, suv, iqlim o‘zgarishi, bandlik, ko‘p tomonlama va mintaqaviy savdo, rivojlanish va JSTga a’zo bo‘lish bilan bog‘liq savdo va investitsiya masalalari bo‘yicha 70 dan ortiq nashrlarni tayyorlagan (https://www.wti.org/research/publications/?author=44).
1977-yilda Afrika investitsiya huquqi (Bazel universiteti) bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasibi yoqlagan. Shuningdek, Jenevada (1975) Rivojlanish fanlari va Berndan (2009) teologiya bo‘yicha universitet darajalariga ega. Uning professional faoliyati 1978-yilda Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Shveytsariya hukumati dasturlari doirasida Madagaskar, Tailand, Nepal va Shveytsariya faoliyat olib borgan. Professor Xaberli Urugvay va Doha raundlarida (1986-yildan 2007-yilgacha) GATT va JSTda Shveytsariya uchun savdo muzokarachisi bo‘lgan. U JST Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha qo‘mitasi raisi (muntazam sessiya, 2005 – 2007-yillar) va 1996 – 2015-yillar oralig‘ida JST nizolarni hal qilish hay’ati a’zosi sifatida beshta nizolarni hal qilish bo‘yicha ishlarni (banan, olma, biotexnologiya, audio-vizual va ishlab chiqarilgan mamlakat belgisi) ko‘rib chiqishda ishtirok etgan. Ukraina tomonidan ba’zi yog‘och mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha qo‘llaniladigan cheklovlar bo‘yicha Yevropa Ittifoqi tashabbusi bilan arbitraj kengashi raisi sifatida faoliyat yuritgan (2020-yil). Shuningdek, Shveytsariya-Yevropa Ittifoqi (2002-yildan 2007-yilgacha) Qishloq xo‘jaligi bo‘yicha kelishuv qo‘shma qo‘mitasi raisi (har ikki yilda) bo‘lib ishlagan.
Umida Haqnazar
Umida Haqnazar OTB, Jahon banki, USAID, BMT FAO, Yevropa Ittifoqi kabi turli xalqaro rivojlanish institutlari tomonidan moliyalashtiriladigan Markaziy Osiyo va CAREC aʼzo davlatlarida (Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi) JSTga a’zo bo‘lish va undan keyingi xalqaro rivojlanish loyihalarida mustaqil maslahatchi hisoblanadi. Uning asosiy tajribasi JSTga a’zo bo‘lish jarayonida texnik yordam ko‘rsatish, texnik tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralari, intellektual mulk huquqlari, mintaqaviy savdo kelishuvlari, bojxona tartibga solish, savdoni osonlashtirish va h.k. kabi JSTga tegishli sohalarda qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlashdan iborat.
Umida Peter Van den Bosshening “JST huquqi va siyosati” ikkinchi nashrining rus tiliga tarjimasi muharriridir.