Scopus/Web of Science tizmida chop etilgan maqolalar uchun rag‘batlantirish tartibi belgilandi

Scopus/Web of Science tizmida chop etilgan maqolalar uchun rag‘batlantirish tartibi belgilandi

    Scopus/Web of Science tizmida chop etilgan maqolalar uchun rag‘batlantirish tartibi belgilandi

    0

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professor-o‘qituvchilari va ma’muriy hodimlarining ilmiy faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-330-son qarorining maqsadli ko‘rsatgichlariga jadallik bilan erishish uchun professor-o‘qituvchilar va xodimlarga Scopus/Web of Science haqiqiy tizimida chop etilgan har bir maqolaga bir martalik rag‘batlantirish to‘lovi amalga oshiriladi.

    Universitetning asosiy shtatdagi hamda o‘rindoshlik asosida ishlovchi professor-o‘qituvchilar va xodimlari ham rag‘batlanish huquqiga ega. Muallif maqolani chop etishda universitetning to‘liq nomini va korporativ pochtasini (@uwed.uz) ko‘rsatishi lozim.

    JIDU professor-o‘qituvchisi “Fan va innovatsiyalar bo‘limi”ga murojaat etadi, bo‘lim o‘z navbatida  chop etilgan maqolaning Scopus/Web of Science ilmiy ma’lumotlar bazalarida indekslanganligi haqiqiyligini tekshiradi va Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengash muhokamasiga taqdim etadi. Ishchi guruh Scopus/Web of Science ilmiy ma’lumotlar bazalarida indekslanganligi haqiqiyligini tasdiqlaganda Ilmiy muvofiqlashtiruvchi kengashi kollegial qarori bilan to‘lovga kiritish masalasi JIDU rektori buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.

     Mualliflarni rag‘batlantirish miqdori quyidagicha belgilangan:

    Ilmiy bazaning nomi

    To‘lov miqdori (so‘m)

    1

    Web of Science SSCI, SCIE-Q1/ Sсopus Q1

    12.000000

    2

    Web of Science SSCI, SCIE-Q2/ Sсopus Q2

    10.000000

    3

    Web of Science SSCI, SCIE-Q3/ Sсopus Q3

    5.000000

    4

    Web of Science SSCI, SCIE-Q4/Sсopus Q4

    3.500000

    5

    Sсopus/Web of Science (book chapter)

    3.000000

     Scopus/Web of Science ilmiy ma’lumotlar bazalarida hammualliflikda nashr etilgan maqolalar uchun rag‘batlantirish to‘lovi  hammualliflar orasida teng taqsimlanadi.