Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ozarbayjonning Baku shahrida o‘tkazilgan “International Education Fair 2023” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

    Joriy yilning 18-mart kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Ozarbayjonning Baku shahrida “International Education Fair 2023” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

    Ushbu ko‘rgazma Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida Bolashaq Development Fund tomonidan tashkillashtiriladigan eng katta tadbirlardan biri hisoblanadi. Unda  onlayn va oflayn tarzda 16822 nafar yoshlar ishtirok etib, shundan 12920 nafar bakalavr, 3757 magistratura va 145 nafar PhDga nomzodlar bo‘lib, ular Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg’iziston va Turkiya mamlakatlaridan tashrif buyurishdi.

    Tadbirga dunyoning 10dan ortiq mamlakatlaridan 40dan ortiq universitetlari tashrif buyirishdi. “International Education Fair 2023” xalqaro ko‘rgazmasida quyidagi universitetlar vakillari bilan ham muzokaralar olib borildi.

    • Beijing Institute of Technology
    • Tongji University
    • California College of Communication
    • Bahcesehir University
    • University of Galway
    • Russian Financial University
    • Wrocław University
    • MGIMO
    • N isantasi University
    • Lodz University of Technology
    • University of Pisa
    • Hochschule Mittweida: University of Applied Sciences
    • Charles University 
    • Nazarbayev University
    • Azerbaijan Diplomatical Academy
    • Azerbaijan State Economic University
    • University of Debrecten
    • Xiamen University Malaysia
    • Eurasian National University

    “International Education Fair 2023” xalqaro ko‘rgazmasida O‘zbekistondan tashrif buyurgan yagona universitet – Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga ishtirokchilar tomonidan ko‘plab qiziqishlar bildirildi.