Sodiq Safoyev Xalqaro jalb qilish instituti faxriy prezidenti bilan uchrashdi
Sodiq Safoyev Xalqaro jalb qilish instituti faxriy prezidenti bilan uchrashdi
Joriy yilning 29-aprel kuni Xalqaro jalb qilish instituti faxriy prezidenti Kris Saypl Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori Sodiq Safoyev bilan muloqot oʻtkazdi.
Uchrashuv chogʻida mehmon Oʻzbekistonda inson huquqlarini, jumladan, inson huquqlarini taʼminlashdagi islohotlarni olqishlashini aytdi.
Kris Saypl oʻz nutqi davomida 65%ga yangilanayotgan Konstitutsiya Oʻzbekiston fuqarolarining qonuniy huquqlarini taʼminlashga asos boʻlishiga umid bildirdi.