JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

    JIDUda O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 14-noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan Milliy gvardiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Millat bayrog‘i” shiori ostida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirga Jamoat xavfsizligi universiteti, Milliy gvardiya vakillari, shuningdek, JIDU akademik litseyi o‘quvchilari, professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

    Tadbirlarni JIDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Odil Yusupdjanov kirish so‘zi bilan ochar ekan, bugungi kun har bir inson uchun alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

    – Xalqimiz faxri bo‘lgan Davlat bayrog‘i qabul qilingan kunni tantanali ravishda nishonlaymiz. Davlat bayrog‘i mamlakat suvereniteti, erkinligi va milliy qadriyatlari ramzidir. U xalqimizning tarixi, urf-odatlari, orzu-intilishlarini timsol qiladi, – deydi O.Yusupjonov.

    O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boshqarmasi podpolkovnigi Shavkatjon Abdullaev o‘z so‘zida mustaqil mamlakatimiz bayrog‘i umumxalq bayramlarida a tantanali ravishda ko‘tarilib, yirik xalqaro forumlarda munosib o'rin egallashini ta’kidladi.

    – Bayroq har bir xalqning shonli o‘tmishi va buyuk kelajagi, shuningdek, azaliy an’ana va urf-odatlari ko‘zgusidir, – dedi Sh.Abdullayev.

    Bayram dasturi boy va rang-barang bo‘ldi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ofitseri “Jadidlar” qo‘shig‘i bilan ochib, barcha ishtirokchilarni hayajonga soldi. So‘ngra “Faxriy qorovul” bataloni tomonidan ko‘rgazmali chiqish bo‘lib, Milliy gvardiya qoshidagi Harbiy musiqali akademik litseyi o‘quvchilari maxsus namunaviy orkestri tomonidan ajoyib kuy-qo‘shiqlar yangradi.

    Konsert dasturining yakuniy akkordi JIDU “Ofarin” talabalar raqs ansamblining rang-barang chiqishi bo‘ldi.

    Tadbir so‘ngida barcha tashkilotchilar va ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.