JIDU vakillari va O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    Joriy yilning 13 noyabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari va O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi xodimlari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Tadbirda Til talim markazi rahbari Lutfiddin Xo‘jaev, “Sharq tillari”, “Xalqaro iqtisod” va “Xalqaro moliya va investitsiyalar” kafedralari mudirlari hamda xalqaro bo‘lim boshligi Gavhar Mirxalilova, O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi tomonidan elchixona maslahatchisi Muzaffar Jalilov ishtirok etdi.

    Uchrashuvda Yaponiyaning yetakchi universitetlari bilan ta’lim sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish zarurligi ta’kidlandi.

    Yaponiyadagi professor-o‘qituvchilar, JIDU tadqiqotchilari va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida akademik almashinuv masalalarida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, Yaponiya universitetlarida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyalar, ilmiy-amaliy seminarlarda ishtirok etish muhimligi alohida ta’kidlandi.

    O‘zbekiston Respublikasining Tokiodagi elchixonasi vakillari tomonidan turkum ma’ruzalar va mahorat darslarini tashkil etish va o‘tkazish masalasi muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar JIDU va O‘zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchixonasi o‘rtasida ilmiy, akademik va madaniy sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlashga kelishib oldilar.