O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi bilan uchrashuv tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi bilan uchrashuv tashkil etildi
Joriy yilning 22-noyabrida O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi maslahatchisi Sh.Shukurov va madaniy-gumanitar yo‘nalish bo‘yicha yetakchi mutaxassis F.Matxoliqov ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Akram Umarov, universitetning Siyosatshunoslik, Xalqaro munosabatlar, O‘zbek va rus tillari va Tizimli tahlil va matematik modellashtirish kafedralari professor-o‘qituvchilari qatnashdilar.
Yig‘ilishda A.Umarov so‘zga chiqib, JIDU va elchixonalar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning ahamiyati, istiqboldagi rejalar va kutilayotgan natijalar haqida fikr yuritdi, shuningdek, muhokamadagi mavzu yuzasidan elchixona mas’ullarining fikr-mulohazalari bilan tanishdi.
Uchrashuv davomida tomonlar Rossiya Federatsiyasidagi universitetlar, ilmiy-tadqiqiot muassasalari, fondlar va markazlar bilan o‘quv, ilmiy-amaliy, madaniy-gumanitar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib oldilar.
Sana: | 22.11.2024 |
Ko'rganlar soni: | 128 |
Ulashish: |