JIDUda intellektual mulk huquqining milliy huquq tizimidagi o‘rni muhokama qilindi

    Joriy yilning 19 fevral kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida “Intellektual mulk huquqining milliy huquq tizimidagi o‘rni” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.

    Mahorat darsida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk departamenti xodimlari Kamoliddin Zaribov va Shahriyor Olimov, “Fuqarolik huquqi va xalqaro xususiy huquq fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda “Xalqaro huquq” fakulteti “Biznes huquq” yo`nalishi magistrantlari ishtirok etishdi.

    Mahorat darsi davomida Departament xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining intellektual mulk huquqi tizimi, sanoat mulki va mualliflik huquqi obyektlarini huquqiy muhofaza qilish, sanoat mulki obyektlariga guvohnoma olish tartibi, shuningdek, intellektual mulk toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun aybdor shaxslarni fuqarolik, maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortish tartibi batafsil koʻrib chiqildi.

    Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasida intellektual mulk huquqining asosiy institutlarini takomillashtirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.