Dehli shahrida O'zbekiston–Hindiston serqirra hamkorligining bugungi holati va istiqbollariga bag'ishlangan kitob taqdim qilindi

Dehli shahrida O'zbekiston–Hindiston serqirra hamkorligining bugungi holati va istiqbollariga bag'ishlangan kitob taqdim qilindi

    Dehli shahrida O'zbekiston–Hindiston serqirra hamkorligining bugungi holati va istiqbollariga bag'ishlangan kitob taqdim qilindi

    Dehli shahrida O'zbekiston–Hindiston serqirra hamkorligining bugungi holati va istiqbollariga bag'ishlangan kitob taqdim qilindi

    Joriy yilning 12 noyabr kuni Dehli shahrida O'zbekiston-Hindiston serqirra hamkorligining bugungi holati va istiqbollariga bag'ishlangan "Janubiy va Markaziy Osiyo o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni rivojlantirishda O'zbekiston va Hindiston istiqbollari" nomli kitob taqdim qilindi.

    O'zbekiston elchixonasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiya (JIDU) va "Hindiston – Markaziy Osiyo" jamg'armasi hamkorligida nashrga tayyorlangan yangi to'plamdan ikki mamlakat ilmiy tadqiqotchilari va ekspertlarining O'zbekiston–Hindiston strategik aloqalarining dolzarb mavzulariga bag'ishlangan ilmiy maqolalari joy olgan.

    Mamlakatimiz elchisi Sardor Rustamboyev so'nggi yillarda davlatlar o'rtasidagi tarixiy, madaniy-gumanitar va savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivoj topib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilganini ta'kidladi.

    O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o'rtasidagi samimiy va do'stona munosabatlar, ularning o'zaro tashriflari va turli xalqaro tadbirlardagi sermahsul muloqotlari ikki tomonlama aloqalarni yana-da faollashtirish uchun yangi istiqbollar ochayotgani qayd etildi.

    Yangi chop etilgan ilmiy maqolalar to'plami o'zaro hamkorlik rivojiga munosib hissa bo'lib qo'shilganiga ishonch bildirildi.

    Hindiston ilmiy-akademik doiralari vakillari anjumanda so'zga chiqib, O'zbekistonda so'nggi yillarda hayotga tadbiq etilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijalarini yuksak baholadi. Ushbu ijobiy o'zgarishlar jarayoni va Toshkent tomonidan ilgari surilayotgan amaliy xalqaro tashabbuslar Markaziy va Janubiy Osiyo o'zaro bog'liqligini mustahkamlash, hamkorlikda yangi samarali loyihalar amalga oshirish uchun qulay imkoniyatlar yaratayotgani urg'ulandi.

    – Kitobning o'zbek va rus tillaridagi nusxalari Toshkentda oktyabr oyida nashrdan chiqarilgan va taqdim qilingan edi, – dedi "Hindiston – Markaziy Osiyo" jamg'armasi direktori, professor Ramakant Dvivedi. – Bugungi tadbirimizda Hindiston ilmiy-akademik doiralari va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdi. O'zbekiston bilan hamkorlikda uch tilda maqolalar to'plamini nashrga tayyorlaganimizdan mamnunmiz va ushbu kitob o'zaro munosabatlarga bag'ishlangan adabiyotlar ro'yxatini boyitishiga umid qilamiz.

    – Kitob ikki tomonlama aloqalarning ijtimoiy-siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va boshqa yo'nalishlarini qamrab olgan, – deydi JIDU huzuridagi Diplomatik akademiya direktori Abdusamad Haydarov. – Yangi nashr nafaqat O'zbekiston va Hindiston, balki Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari olimlari va tadqiqotchilarida ham katta qiziqish uyg'otadi deb ishonamiz.

    Taqdimot marosimi doirasida O'zbekiston-Hindiston hamkorligining turli dolzarb mavzulariga bag'ishlangan ilmiy ma'ruzalar tinglandi.