JIDUga Nagoya iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi
JIDUga Nagoya iqtisodiyot universiteti delegatsiyasi tashrif buyurdi
Joriy yilning 16-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Nagoya iqtisodiyot universiteti (Yaponiya) rektori Xaruo Saburi boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyani Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev qabul qildi.
Uchrashuvda ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikning qator yo‘nalishlari muhokama qilindi. Xususan, Nagoya universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida yapon tili va axborot texnologiyalari bo‘yicha onlayn kurslar tashkil etish taklif etildi.
Ushbu loyihalarning amalga oshirilishi kelgusida “double degree” (ikki diplom) olishga qaratilgan ta’lim dasturini birgalikda ishlab chiqish imkonini beradi.
– Biz uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikka intilib, umumiy maqsad va muvaffaqiyatlarga erishish yo‘lida hamkorlik qilishga tayyormiz, – dedi S.Safoyev Yaponiya tomonining takliflarini ma’qullab.
Nagoya Iqtisodiyot universiteti rektori H.Saburi O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi munosabatlar tobora jadal va ko'p qirrali bo‘lib borayotganini ta’kidlab, JIDU bilan yaqin hamkorlikdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.